Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda hokimiyatni egallab olish va bosh vazirga suiqasd ishi bo‘yicha 8 gumonlanuvchi ushlandi
Qo‘lga olinganlar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga, Konstitutsiyada ko‘zda tutilmagan tartibda hukumat vakolatlarini egallab olishga tayyorgarlik ko‘rgan - Milliy xavfsizlik xizmati.
Foto: Anadolu Agency
Armanistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olish hamda bosh vazir va hukumat a’zolariga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlikda gumonlanib, sakkiz kishi qo‘lga olindi.
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining Armenpress agentligiga ma’lum qilishicha, dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan harakatlar natijasida «Salibchilar» harbiy-vatanparvarlik jamiyati a’zolari bir-birlari bilan oldindan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgan. Ular o‘zlarida saqlanayotgan qurol va o‘q-dorilarni jinoyat quroli sifatida qo‘llash orqali hukumat vakolatlarini egallab olish to‘g‘risida kelishib olgan.
Qo‘lga olinganlar Konstitutsiyada ko‘zda tutilmagan tartibda hukumat vakolatlarini o‘zlashtirib, hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorlangani aniqlandi.
Tintuv chog‘ida o‘qotar qurollar, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, pnevmatik to‘pponchalar, o‘q o‘tkazmaydigan jiletlar, telekommunikatsiya vositalari, kompyuterlar, turli yozuv va hujjatlar bo‘lgan noutbuklar topildi.
Arman matbuotining aniqlik kiritishicha, qo‘lga olinganlar orasida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hayotiga suiqasd qilishda ayblanayotgan «Erkrap» ko‘ngillilar uyushmasi raisining sobiq o‘rinbosari Albert Bazeyan ham bor.
Qo‘lga olinganlar ustidan tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:26 / 20.04.2026
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026