Bir narsani faqat bitta işlab çiqaruvçidan oliş imkoningiz bölsa – alternativa bölmasa – bu işlab çiqaruvçi bilan öziga xos munosabatlarga kirişasiz.

Bu munosabatlarni “boğliqlik” deb qisqa atasa böladi, ammo bu holatning nozik va nozik bölmagan tafsilotlari bor. Ularni sanab ötamiz:

1. Bu işlab çiqaruvçi istagan paytida sizdan öz mahsuloti uçun ortiqça pul ololadi. Axir bozorda boşqa mahsulot yöq – u mahsulotining ustiga istagan narxini qöyişi mumkin.

2. U sizning istagingizni hurmat qilişga majbur bölmagani uçun, mahsulotini özi istaganday qilib işlab çiqaraveradi, sizga qulay bölişini, yoqişini öylamaydi ham. “Nega endi, u yaxşi odam bölsa-çi?” deyişingiz mumkin. Ha, albatta, yaxşi odam bölsa boşqaça bölişi mumkin, ammo korxona bitta odam emas va tajriba şuni körsatadiki, bitta bozorda bitta narsaning bitta işlab çiqaruvçisi bölsa, ayniqsa bu sun’iy monopoliya bölsa, xaridor, ya’ni siz, hurmatga sazovor bölmaysiz. Raqobatli vaziyatda sizni boşlariga kötarişsa, bunaqa vaziyatda manzara sizning foydangizga bölmaydi va buni heç narsa özgartira olmaydi. Faqat raqobat özgartira oladi.

3. Bozorning yakka hokimi uçun ham bu aslida zarar. Çunki bunaqa korxona egalarining özlari ham bilib turişadi öyin halol emasligini, yiğib sotayotgan mahsulotlari odamlarga majburlab sotilayotganini, natijada odamlar iç-içidan işlab çiqaruvçiga nisbatan “yaxşi” tilaklar bildirayotganini... Va bu albatta qalblarda yiğilib boraveradi va ularni qora qiladi. Halol bozorda pul topib, mazza qilib yaşaş qayerda-yu, qoraygan-bejalgan qalb bilan yaşaş qayerda? Şu uçun monopolistlarni köpaytiriş bu – bir töda qalbi qoraygan beçoralarni köpaytiriş. Ammo bu hammasi emas.

4. Har qanday rivojlanişning omillari bor – iş rivoji ma’lum tartiblarga amal qilişni, ma’lum darajada tejamkorlik qilişni, işlab topilgan foydaning ma’lum qismini rivojlaniş uçun olib qöyişni va hokazo va hokazolarni talab qiladi. Monopolistning topgan daromadi uriniş, izlaniş, ter tökiş bölmagani uçun, biz yuqorida aytgan rivojlaniş omillari bu yerda mavjud bölmaydi va... tabiiyki rivojlaniş bölmaydi. Monopolistlar aslida – baxtsiz odamlar.

Alternativa har bir sohada bölişi kerak. Masalan, qişloq xöjaligida ham. Fermer yetiştirgan mahsulotni sotib oladigan korxonalar köp bölişi, fermer mahsulotini kimga istasa, şunga sota olişi kerak – alternativa bölişi kerak va aynan şu omil – fermerlarning öz işiga qiziqişi ortişiga olib keladi. Qişloq xöjaligi uçun bu eng asosiy narsa.

Işi rivojlangan fermerni jamiyat suvni tejaşga ham undaşi mumkin, erksiz fermerni unday qila olmaysiz, çunki erksiz fermer unçalik fermer ham emas, yollanma işçiday gap.