Lotin yozuvini takomillaştiriş: muammoli 4 ta harf nega özgartirilmoqda?
|17:59 / 27.09.202329 04815 min
Alifbo islohoti amalda ham katta xarajat talab etadimi?
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Ijtimoiy tarmoqda lotin yozuviga asoslangan özbek yozuvini isloh qiliş mavzusi yana qizğin muhokama qilinmoqda. Ötgan juma kuni Alişer Navoiy nomidagi Toshkent davlat Özbek tili va adabiyoti universitetida Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan ilmiy-nazariy konferensiya bölib ötdi va unda alifboga kiritilayotgan özgartirişlar namoyiş etildi.
Özi nega alifbo masalasi yana kötarildi? Çunki 1995 yilda qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan alifbo bugungi kunga kelib bir neça noqulayliklarga ega ekani oydinlaşmoqda.
Filolog olimlar, ayniqsa dasturçilar alifboda mavjud va tilning rivojlanişiga tösiq bölayotgan bu muammolarni bartaraf etiş masalasini bot-bot kötarib kelişmoqda (uşbu maqolada ularning har biriga qisqaça töxtalib ötamiz).
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş masalasi 2019 yilda Özbek tili bayramida prezident Şavkat Mirziyoyevning nutqida ta’kidlab ötilgan edi. Joriy yil 5 iyulida ham prezident Toshkent şahri saylovçilari bilan uçraşuvda ham lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş işlari oxirigaça yetkazilişi kerakligini ta’kidlagan.
«Mana, keyingi paytda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş böyiça katta işlarni amalga oşiryapmiz.
Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatçiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillaştiriş böyiça işlarni yakuniga yetkazişimiz zarur», — degan u.
Bu borada avvalgi yiğiliş 2021 yilda bölib ötgan edi. Öşanda alifboga kiritilişi lozim bölgan sönggi özgartirişlar sifatida quyidagi harf almaşinişlari amalga oşirilişi taklif qilingandi.
22 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda esa tilçi olimlar yakuniy töxtamga kelib, yozuvda köp murakkabliklarni yuzaga keltirayotgan ayrim harflar böyiça uşbu körinişdagi quyidagiça islohotlar amalga oşirilayotganini ma’lum qilişdi:
Mavzuga oid
Albatta, turli takliflar berildi. Masalan, unlilar sonini 9 tagaça köpaytiriş, turk alifbosidagi harflarni şundayligiça qabul qiliş, «Ch» harfi örniga «S»ni emas, turkça «Ç» harfini oliş kabi.
Biroq, özgartirilayotgan harflar böyiça yakuniy konsensusga kelindi. Nima bölganda ham, alifbo isloh qilinişga muhtoj va uni minimal talablar bilan, murakkabliklar keltirib çiqarayotgan 4 ta harfni özgartiriş orqali amalga oşiriş kerak, degan taklifga köpçilik rozi böldi.
«O‘» örniga «Õ» harfi tanlanişiga sabab — tilimizda «o‘» tovuşining orqa qator («öroq») va old qator («ölim»)da yangraydigan turlari borligi, biroq bu ikki tovuşni ifodalaş uçun yozuvimizda 1940 yildan buyon bir harfdan foydalanib kelayotganimiz, turkiy davlatlar alifbosidagi «Ö» harfi faqat old qator tovuşini ifodalaş uçun foydalanişi ma’lum qilindi. Qolaversa, joriy alifboning yozma körinişida «o‘« harfi aynan şu körinişda, ustida tilda belgisi bilan ifodalanadi.
«G‘» örniga «Ğ» harfi tanlanişiga sabab — uning yozma körinişiga yaqin harf tanlangani körsatildi. G harfining ustida tölqinsimon çiziq — tildagi varianti UNICODE klaviaturasida yöq, şu sababli bu örinda şakl jihatdan yozma körinişiga yaqin va turkiy xalqlar alifbosiga xos bölgan va UNICODE tizimida mavjud bölgan Ğ harfi tanlandi.
«Sh» örniga «Ş» harfi tanlanişiga sabab — jadid bobolarimiz tomonidan 1928 yilda işlab çiqilgan va 1940 yilgaça amalda bölgan, şuningdek, 1993-1995 yillarda qabul qilingan lotin alifbosida «Sh» tovuşini ifodalaş uçun aynan şu simvoldan foydalanilgan. Qolaversa, turkiy xalqlar alifbosiga xos bölgan harf.
«Ch» örniga «C» harfi tanlanişiga sabab — jadid bobolarimiz tomonidan 1928 yilda işlab çiqilgan alifbosida «Ch» tovuşini ifodalaş uçun aynan şu simvoldan foydalanilgan. Lotinça standart klaviaturadagi mavjud simvoldan foydalaniş ham klaviaturadagi tugmalar sonini kamaytirişiga e’tibor qaratilgan.
Özgartiriş nega kerak? Asosiy muammo — «O‘» va «G‘»da!
Eng katta kamçilik, albatta, «O‘» va «G‘» harflarini ifodalaş bilan bölmoqda. Garçi bu alifbo qabul qilinişida standart klaviatura termasidan osongina teriş mumkinligi aytilgan bölsa-da, Windows operatsion tizimining aksariyat odam foydalanadigan standart klaviaturasida bu harflarni çiqariş uçun «okina» belgisini çiqariş imkonsiz.
Köpçilik «qiynalmasdan töğri teryapman-ku», deb öylayotganlar ham söz yasaşda oçilayotgan birtirnoq — ‘ (tiniş belgisi)dan foydalanadi. Umuman e’tiborsizlar, apostrof — ', yoki yopilayotgan bir tirnoq — ’ belgisini qöyib ketişadi. Albatta, bular xato.
Bularga endi yana «Ò», «Ó», «Õ», «Ö», «Ō», «Ŏ» kabi turli harflardan foydalanib yozayotganlarni qöşing. Bitta sözni 13 xil yoziş mumkinligiga guvoh bölasiz va ulardan faqat bittasi töğri.
Mana şu vaziyat tufayli iş qoğozlari, xatlar, blankalar, ijtimoiy tarmoqdagi yozişmalar, köça-köydagi peşlavhalardagi xatolarning son-sanoği yöq. Köpçilikka bilinmas, lekin bu jurnalistlar va tilçilarning «közini qonatadi». Bularning barçasi «O‘» va «G‘» uçun muayyan harf belgilanmaganidan kelib çiqmoqda.
Eng alamlisi — millatimiz va Vatanimiz nomi «O‘» harfidan boşlanadi. «Özbekiston», «özbek» kabi sözlarini ifodalaşda ham köplab xatolarga yöl qöyilmoqda. Buni oçiq tan oliş kerak.
«O‘» va «G‘» harflari iştirok etgan sözlardan heşteg yasaş, qidiruv tizimida sözlarni qidiriş ham bir munça muammolar keltirib çiqaradi. Bu dasturlaş işlari va onlayn luğatlar yasaşda IT-mutaxassislarimizga katta boşoğriq bölmoqda.
Boz ustiga, bu harflarning yozma va bosma şakllari farq qilgani uçun yozma körinişdagi şriftlardan foydalanişda harflar ustiga çiziq qöyib emas, öşa birtirnoqdan foydalanilmoqda.
«Sh» va «Ch» harflari ixçamlaştirilişi
Bu harflar ikkita simvol bilan ifodalanişi ham harf terişda ortiq vaqt, matnda esa ortiqça joy olib kelayotgandi. Ma’lumki, özbek tilida «sh» va «ch» tovuşlaridan köp foydalaniladi. Ayniqsa, söz yasaşda. Öz-özidan, sözlar uzayişi, «bir tovuş – bir harf» prinsipiga qurilgan kirillça imloga nisbatan vizual noqulaylik yuzaga kelayotgan edi.
Boz ustiga, «Sh» va «Ch» harflarini ifodalaşda «h» harfi «nikohlab» berilganki, bu hamyurtlarimiz örtasida tuşunmovçilikka sabab bölayotgandi. Ya’ni, bu qöş belgili harflar «h» va «x» harflari iştirok etgan sözlarni farqlaşga ham xalaqit bergani uçun köpçilik «h»dan faqat «Sh» va «Ch»ni ifodalaşda foydalanib, qolgan örinlarda yoppasiga «x» işlatişga ötib ketgan edi. Bu esa «x» va «h» harflarini farqlaşga ham öz ta’sirini körsatadi. Buning natijasida ayrimlar bu harflarni birlaştiriş kerak, deyişgaça bormoqda.
«Sh» va «Ch»ni «Ş» va «C» körinişida ifodalaş «h» harfini ortiqça «taşviş»dan xalos qiladi, öquvçilarga «h» va «x» harflari qay örinda işlatilişini farqlaş osonlaşadi. Bu harflar qatnaşgan sözlarimiz uzunligi ham biroz bölsa-da qisqaradi.
Harflarning yozma körinişini yozişda vaziyat umuman osonlaşadi. «Õ» va «Ğ» harflarining yozma körinişi özgarmaydi. «S» harfini yozişda şunçaki «h»dan voz keçiladi, «Ş»ni yozişda «h»dan voz keçib, «S» ostiga vergulsimon çiziq qöyiladi — va bu bor-yöği bitta yangilik böladi.
Ng masalasi
Oldingi loyihalarda «ng» tovuşi uçun «ñ» taklif etilgan bölsa-da, uzoq munozaralardan söng tovuş uçun alohida harf yoki harf birikmasi ta’sis etmasdan, uni alifbodan oliş, fonetika bölimida örgatiş lozimligi aytib ötildi.
Çunki «mening» va «menga», «ming» va «mingan» kabi sözlarni yoziş, avtomatik transliteratsiya qilişda çalkaşliklar vujudga kelişi, bu esa xatolarni yanada köpaytirişi ta’kidlab ötildi.
Olimlar, şuningdek, «ng» tovuşi hamda tilning old va orqa qatoridan yangrovçi unlilar uçun xuddi ingliz tilida mavjud bölgani singari transkripsiya işlab çiqiş lozimligi töğrisida ham taklif bildirişdi.
Bu katta xarajat talab etadimi?
Köpçilikda alifboda 4 ta harfni almaştiriş katta xarajatga sabab böladi, degan hadik ham paydo böldi. Respublika böylab barça yozuvlar, hujjatlar, kitoblar, darsliklar va hokazo va hokazolarni almaştiriş, saytlarni yangilaş xarajatlari budjetga ortiqça yuk bölmasmikin, deyişmoqda.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev atigi 4 ta harf özgarsa ham xarajat bölişi tabiiyligi, ammo bu köpçilik tasavvur qilgan darajada katta xarajatlar emasligini ta’kidladi:
Darsliklar — şundoq ham darsliklar reja böyiça har 2-3 yilda yangilanadi. Agar mabodo alifbodagi 4 ta harf şakli özgarsa ham, darsliklarning hammasini birdaniga qayta çop etiş şart bölmaydi. Özining vaqtida çiqaveradi. Çunki hozirgi özgarişlar juz’iy, öta kiçik özgariş bölib, birdaniga odamlar harflarni tanimay qoladigan darajada savodsizlik yuz bermaydi va barça darslikni bir yilda qayta çiqarişga zarurat ham yöq.
Pasport, ID-karta va boşqa rasmiy hujjatlar — fuqarolarning hujjatlari ham öz kuçida qolaveradi va faqatgina öz vaqti soati kelib, almaştirayotgan paytdagina yangi harflarda yozilganini olişadi.
Pul banknotalari — pullar ham öz kuçida qolaveradi va qaçon yangi kupyura yoki yangi partiya çop etilgandagina yangi harflardan foydalanişadi. Bunda yagona xarajat pul çiqaradigan maketlarni almaştirişda bölişi mumkin.
Kitoblar — badiiy yoki ilmiy kitoblarni çop etişda kutilmagan va majburiy qanday xarajat bölişi mumkinligini, oçiği, bilmadim. Faqat qilinadigan bitta iş, kitob matnidagi 4 harfni kompyuterda 4ta buyruq bilan (Ctrl+H) yangisiga almaştirib çiqiladi. Bunga katta xarajat ketmasa kerak.
Yöl belgilari — yöl belgilarini ham özining ekspluatatsion davri tugagunça almaştiriş şart emas, deb hisoblayman. Alifbo islohoti amalga oşsa, birdan ertasi kuni odamlar «Toshkent» degan yozuvni öqiy olmay qolarmidiki, ularni tezda «Toşkent»ga almaştiriş şart bölsa? Turaversin, heçqisi yöq. 30 yil davomida yurtimizda butun boşli ikkita alifbo (lotin va kirill) işlatilayotgan bir paytda, 2-3 yil davomida 4 tagina harfning 2 xil şakli işlatilsa, osmon uzilib yerga tuşib qolmaydi. Eng asosiysi budjetdan katta xarajat bölmaydi, hamma narsa özining tabiiy almaşiş davriga kelgandagina özgaradi.
Peşlavha va blanklar — avvalgi 4 ta harfda yozilgan peşlavhalar va rasmiy blanklar ham 2 yil davomida öz kuçida qolaveradi. Yangisi çiqayotganda yangi harflardan foydalaniladi. Agar taşkilotlar köp miqdorda xat blanklari çiqarib qöygan bölsa, heçqisi yöq, 1-2 yil öşa blanklarni işlataveradi. Baribir katta ehtimol bilan hozirgi blanklarda «Özbekiston» sözi ham xato yozilgan bölib çiqadi, xöp deb rozi bölib yuribmiz-ku bunga.
Yuqorida aytganimdek, alifbodagi 4 ta harfni özgartirişning albatta ma’lum bir xarajatlari bölişi tabiiy. Işoning, lekin aql bilan yondaşsak, bu xarajatlar öta minimal körinişda böladi.
Tasavvurimizdagi kabi trillionlar yoki hattoki milliardlar haqida ham gap ketmaydi. Buni özingiz ham yana bir marta muşohada qilib köring, fikrimga qöşilsangiz kerak.
Harf teriş-çi, osonlaşadimi?
Albatta, takomillaşgan alifbo rasman tasdiqlansa, ikkita simvol bosiş örniga bittadan simvol bosiş imkoniyati paydo böladi.
Hozir aksariyat insonlar foydalanyotgan Windows operatsion tizimining standart klaviaturasida lotin yozuvidagi özbek alifbosi uçun uçta qöşimça tugma kerak böladi. Ularni kam foydalaniladigan tugmalar ustiga joylaştiriş mumkin (Kirill yozuvidagi özbekça uçun klaviaturadagidek).
Android va iOS operatsion tizimida işlaydigan gadjetlar uçun ham dasturçilar klaviatura yasaşadi va mavjud standart klaviaturalarga ham özgartiriş kiritiladi. Bu katta xarajat yoki vaqt talab qiladigan iş emas aslo.
Muxtasar qilib aytganda, garçi amaldagi alifboda savod çiqarganlarning oldi 35 yoşga borib qolgan, hozir köpçilik yoşlarimiz öqiş va muloqot qilişda unga könikib qolgan bölsa-da, alifbo muammoli ekani aniq. Bu ayniqsa tilçi mutaxassislarga qiyinçilik yaratmoqda. Til rivojlanişi, köplab xayrli işlar amalga oşirilişi alifbodagi ayrim harflarda muammo borligi sababli depsinib turibdi.
Yangisida keskin islohlarga qöl urilmagan, köp ta’kidlangan asosiy qusurlar bartaraf etilgan. Qolaversa, hammaga birday ma’qul böladigan alifbo yaratiş imkonsiz. Muhimi, bizni şu paytgaça qiynab kelayotgan imloviy muammolardan xalos bölyapmiz.
Hozir öylanib, savol berib ötiradigan fursat emas. Tilçi olimlarimiz köpçilik ovoz bilan ma’qullaşdi, endi öşa muammolarni töğrilab, katta işlarning eşigini oçiş kerak.