Unga köra, alifbodagi o‘, g‘ va sh harflarini 1993 yilgi şakllariga (õ, ğ, ş) qaytariş, ch undoşini esa lotinça c harfining aynan özi, ya’ni dumsiz şakli bilan ifodalaş közda tutilgan.
- O‘ o‘ — Õ õ
- G‘ g‘ — Ğ ğ
- Ch ch — S s
- Sh sh — Ş ş
Kun.uz muxbiri alifbo islohi böyiça işçi guruh rahbari, Özbekiston Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, Filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov bilan alifbo islohi borasida jamoatçilikni qiziqtirayotgan qator savollar böyiça intervyu ötkazdi.
— Nizomiddin aka, bizga alifbo islohi nega kerak edi özi? Qanday muammo sabab biz deyarli 30 yildan beri alifboni özgartiriş kerakligi haqida gapiramiz?
— Dunyo alifbolarida eng maqbul tamoyil bir tovuşga bir harf degan tamoyil, keyingisi bir böğin va bir belgi tamoyili, yana bir tamoyilda bir söz yoki tuşunça bir belgi degan qaraş bor. Bizning amaldagi lotin yozuvi asosidagi özbek alifbosida şu tamoyil işlardi, ammo bir qança harflar misolida yuqoridagi qoidalardan çekinilgan joylari ham bor. Xususan, ch va sh tovuşlarini ifodalaş uçun biz ikki belgidan foydalanamiz. Şuning özi ham alifbo mukammalligini bir qadar pasaytiradi.
Ha, alifbomiz 30 yildan beri işlatilyapti. Ammo uni bir belgiga keltirişning heç qiyin joyi yöq.
Hozirgi taqdim etilgan C (ch) harfi 1929-40 yillardagi özbek alifbosida bor. Ch harfining metodik jihatdan maqbulmasligi şundaki, uning tarkibidagi C belgisi faqat şu harfda bor, bolaga notaniş u. Öquvçilar bir tovuşni ifodalaş uçun 2 ta harfni örganişiga töğri kelmoqda.
C belgisi boşqa joyda yöqligi uçun uning özini bemalol ch sifatida qöllaş mumkin, aytganimdek, oldingi alifboda ham bor edi.
Yangi taqdim etilgan Ş (sh) harfi ham öşa men aytgan alifboda bölgan. Oʻ va Gʻ harflarining belgisi esa tutuq belgisiga öxşaydi, bundan taşqari uni kompyuterda çiqariş uçun bir neçta amal bajarişga majburmiz. Alohida belgi bölib turgani uçun sözlarni bölib turadi, estetik jihatdan ham maqbulmas.
— Alifbo islohoti böyiça yangiliklarni öqigan vatandoşlarimiz bir fikrni köp takrorlaşmoqdaki, nega CH harfini ifodalaş uçun taklif etilgan C belgisiga ham SH'ni ifodalaş uçun taklif qilingan Ş'dagi kabi alohida belgi (dumça) qöşilmadi? Xöş, nega şunday?
— Töğri, şunday qilsa ham bölardi. Lekin yuqorida aytganimdek, bu belgi (C) şundoq ham alifbomizda böş turgan edi, boşqa vazifasi yöq. Alifbo bir yaxlit struktura. Bola şu bitta harf bilan tovuşni ifodalaşni örganaveradi. Yevropa tillarida ham bu belgi (C) Ch'ni ifodalaydigan holatlar bor, deylik, cappuccino (kappuçino), italyan va boşqa tillarda ham bor bunday ifodalaniş. Şuning uçun ikkilanişga hojat yöq bu böyiça.
Bilamizki, «alifbo» degani arab alifbosidagi boşidagi ikki harfdan olingan, «alfavit» ham şunday. Turklar hozir «abj(c)» deb işlatişadi buning örniga. Bizga alifbo degan termin kirib bölgan, bu tomonining ham zarar tomoni yöq.
— Alifbomizni kompyuter tiliga aylantirmoqçi ekanmiz, deylik, alifbo belgilarini özgartirmay, öşa qöş belgili harflarni bir harakat bilan ifodalaydigan dastur qiliş mumkinmidi yöqmi?
— Bu böyiça ma’lumotni dasturlaş sohasidagilar yaxşi biladi. Men bilganim bunga harakatlar qilindi, ammo biror natija körganim yöq. Hozirgi kirill yozuvidan lotin yozuviga ötkaziş dasturlarida ham töğri ögirmaydi, boşqatdan qarab çiqiş kerak böladi.
Kompyuter klaviaturasidagi yangi belgilar örni ham taqdim etildi. Ba’zilar biz alifboni kompyuter uçun özgartiryapmiz, deyapti, yöq unday emas, lekin hozir hamma joyda kompyuterlar işlaşini ham unutmaslik kerak. Şu tomondan qulaylikka harakatlar ham bor. Bir masala emas, bir neçta masalani hal qiliş imkoni bölyapti. Şuning uçun maqbul deb öylayman.
— Alifbo özgaradigan bölsa, milliardlab pulimiz ketadi, undan köra maktab, kasalxona qursak bölmaydimi, deganlarga qanday javob berasiz?
— Ha, şunday fikrlar ham bor. Ammo bunday fikrni ba’zilar tasavvuridagi sayozlik tufayli berişmoqda. Masalan, maktab darsliklarini oladigan bölsak, ular 3-4 yilda yangilanadi. Darsliklar masalasida oldingidan ortiqça mablağ sarflaş bölmaydi. Katta sinf öquvçilariga öqituvçi tuşuntirib ketadi şu 4 harfni qanaqa yozişlarini. Vaqti kelganda darsliklar almaşib ketaveradi. Pasport va şunga öxşaş hujjatlar ham almaştiriş vaqti kelganda özgartiriladi. Hamma narsani birdan almaştiriş kerak degan gap yöq. Amaldagi alifboni 30 yildan beri biladi odamlar, birdan yöq bölib qolmaydi. Köçalardagi yozuvlar, afişalar ham moddiy eskirib almaşadigan payti kelganda yangi alifboda yozilaveradi. Qöşimça xarajatlar bölmaydi.
— Yangi alifbo bilan yangi imlo qoidalari ham işlab çiqilsa kerak. Deylik, sentabr, oktabr kabi sözlar yozilişi qanday böladi? Vaqtida kirill qoidalaridan qoçiş uçun qilingandir bu imlo. Endi-çi, özgariş böladimi?
— Özgarişlar bölişi kerak. 1995 yilda tasdiqlangan imlo qoidalari bor. Unda sentabr, oktabr körinişida berilgan. Yaqinda katta imlo luğati çiqardik. Bolaga sentabr, oktabr deb ayttirib bölmaydi. Şuning uçun yangi imlo luğatida ikki şakl ham berildi bunday sözlarning. Alifbo yangilanişidan keyin böladigan imlo qoidalarida albatta sentyabr, oktyabr körinişida yoziladigan böladi. Şunisi töğri böladi. Istisnoga ega bölgan qoida qoida emas. Sentabr deb yozib turib, aktyor, rejissyor deb y qöşib yozib tursa, bu töğri emas. Şuning uçun sentyabr, oktyabr körinişida böladi. Bunga öxşaş çala imlolar hali ham bor. Şuning uçun bir neçta yangli imlo qoidalari böladi va bu muammolarga barham beradi.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Asror Allamurodov.











