07:31 / 27.09.2023
2231

O‘zbekiston va Xitoy yuk tashuvchilarga vizani yengillashtirilgan tartibda berish imkoniyatini o‘rganmoqda

Xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish muhokama qilinmoqda.

Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama etildi.

Xususan, vazirlar «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish, «Andijon –O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar» multimodal transport koridorini rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikda yangi multimodal transport koridorlarini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlar ham ko‘rib chiqildi.

Top