«Xitoy tomoni AQŞning noqonuniy bir tomonlama sanksiyalariga qat’iy qarşi çiqadi», dedi 1 may, çorşanba kuni Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy Xitoy kompaniyalarining Kremlga qarşi joriy qilingan yangi sanksiyalar röyxatiga kiritilişini izohlar ekan. Bu korxonalar, AQŞ Moliya vazirligi bayonotiga köra, «Rossiyaga qurol işlab çiqariş yoki harbiy dasturlarni amalga oşiriş uçun asosiy komponentlarni olişda yordam beradi».

Lyu Penyuyning sözlariga köra, Xitoy hukumati qonunlar va me’yorlarga muvofiq ikki maqsadli tovarlar eksportini nazorat qiladi, Xitoy va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik esa Jahon savdo taşkiloti (JST) qoidalari va bozor tamoyillariga mos keladi. 

Vaşington tomonidan Ukrainadagi uruş uçun Rossiya Federatsiyasiga qarşi joriy qilingan yangi sanksiyalar paketiga Xitoyda va Xitoyning Hongkong ma’muriy mintaqasida röyxatdan ötgan 20 ta kompaniya, şuningdek, boşqa beş davlat - BAA, Turkiya, Ozarboyjon, Belgiya va Slovakiya kompaniyalari kiradi. Bundan taşqari, 200 dan ortiq Rossiya kompaniyalari sanksiyalar röyxatida. AQŞ Davlat departamenti ham işlab çiqişda iştirok etgan jazo çoralariga vizani taqiqlaş, moliyaviy aktivlarni muzlatiş va sanksiyalangan kompaniyalar bilan biznes yuritişni töxtatiş kiradi. 

Xitoy Ukrainadagi uruşda Rossiya uçun muhim komponentlar yetkazib beruvçi hisoblanadi

Xitoy kompaniyalariga qarşi sanksiyalarni asoslab, AQŞ ğaznaçiligi ular Rossiya Federatsiyasiga uçuvçisiz uçoqlar işlab çiqariş uçun zarur bölgan - propellerlar, dvigatellar va datçiklar, şuningdek porox va raketa yonilğisi uçun zarur bölgan portlovçi moddalarni yaratişda tovarlar eksport qilganiga aniqlik kiritdi. AQŞ moliya vaziri Janet Yyellenning aytişiça, yangi çeklovlar Rossiyaning harbiy harakatlarini yanada zaiflaştiradi. 

Avvalroq Vaşington Pekinni Ğarb sanksiyalarini çetlab ötişda Rossiya mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaşga yöl qöyilmasligi haqida bir neça bor ogohlantirgan. Xususan, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 26 aprel kuni Pekinga taşrifi çoğida Xitoy taşqi işlar vaziri Van Iga XXR Rossiyani Ukrainaga qarşi agressiv uruşda qöllab-quvvatlayotganidan «jiddiy xavotir» bildirdi. 

Xitoy bu masalada betaraf ekanini ta’kidlab keladi va Moskva bilan savdo hamkorligini qonuniy deb ataydi. Pekin ğarbni «har qanday uçinçi tomon» bu hamkorlikni buzolmasligi haqida ogohlantirmoqda.