Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 may kuni Köksaroy qarorgohida uçinçi Toşkent investitsiya forumi doirasida AQŞ, Xitoy va Yevropaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi. 

Jumladan, Amerika-Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uçraşuvda «Air Producs», «CNH Industrial» va «Silverleaf» kompaniyalari rahbarlari ham iştirok etdi. 

Amerika tadbirkorlarining Özbekistondagi faoliyatni kengaytiriş, moliyaviy instrument va mexanizmlarni rivojlantiriş borasidagi ilğor tajribani joriy etiş hamda turli tarmoqlarda loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq rejalari muhokama qilindi. 

Joriy yilda Toşkent şahrida AQŞning peşqadam kompaniya va banklari iştirokida biznes forumini ötkaziş yuzasidan kelişuvga erişildi. 

Şuningdek, Xitoyning «CAMCE» korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toşkent şahrida Olimpiya şaharçasi qurilişi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. 

«Goldwind» kompaniyasi raisi Tsao Çjigan bilan Özbekistonda «yaşil» energetikani rivojlantirişdagi iştiroki istiqbollari körib çiqildi. Kompaniya şamol energetikasi texnologiyalarini işlab çiqişga ixtisoslaşgan. Şamol elektr stansiyalari qismlarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va joriy loyihalarni jadallaştirişga kelişib olindi. 

«China Southern Power Grid» bilan Buxoro viloyatida şamol elektr stansiyalari, butun mamlakat böylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuçlanişli liniyalar quriş loyihalari muhokama qilindi. 

Özbekistonda elektr hisoblagiçlar işlab çiqariş böyiça «Holley Group» kompaniyasi muvaffaqiyatli işlayotgani qayd etildi. Toşkent viloyatida texnopark quriş va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qiliş yuzasidan kelişuvga erişildi. 

Şuningdek, «Suez» kompaniyasi raisi va boş direktori Sabrina Sussan, «Arsenale Group» kompaniyasi boş direktori Paolo Barletta, «Airbus» korporatsiyasining Yevropa böyiça prezidenti Yoxan Pelisyye hamda «Linde» kompaniyasining Yevropa va Yaqin Şarq böyiça prezidenti Oliver Pfann bilan