O‘zbekiston | 19:04 / 27.09.2023
10595
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi

Amaliy tashrif 28-30 sentabr kunlariga belgilangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, federal kansler Olaf Shols va federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid