Lekin şu narsa aniqki, Rossiya tarafdorlari juda köp. Sababi oddiy: Rossiyaning özbekistonliklar ongiga ta’siri juda katta! Nihoyatda katta. Hatto Özbekiston OAV ta’siridan köra kattaroq! Çunki Özbekiston OAV, ayniqsa, TV kanallarining bu uruş borasidagi öz qaraşlari yöq. Ukraina OAV yoki boşqa ingliz tilidagi xalqaro telekanallarning Özbekiston xalqiga ta’siri esa mutlaq mavjud emas.
Demak, 36 millionlik katta maydon – Rossiya propagandasiga töliq qöyib berilgan. Muqobil axborot juda zaif yoki deyarli mavjud emas. Töğri, yil boşida boşqa xorijiy OAV TV paketlariga qöşildi. Lekin bu vaziyatni kuçli özgartirmadi. Sababi – til bareri.
Aytiş kerakki, uşbu uruş boşlangan 2022 yil fevralida, Rossiya tarafdorlarining soni va salmoği köproq edi. Taxmin qilamanki, 90 foiz aholi bu uruşga Rossiya propagandasining közlari bilan qarar edi. Hozir, nazarimda, bu miqdor ança kamaydi: balki 55-65 foiz taşkil qilar. Lekin baribir köpçilik Rossiya argumentlariga işonadi, qabul qiladi.
Xöş, Rossiya propagandasining asosiy qaraşlariga töxtalsak.
Birinçidan, nima uçun Rossiya axborot oqimini “propaganda” deb ataş mumkin? Propaganda – bu şunday axborot oqimiki, haqiqat emas, yolğon ustuvor böladi. Ongli ravişda ba’zi ma’lumotlar yaşiriladi. Insonlarga töğri ma’lumot emas, maqsadli ma’lumot beriladi, ularni aldaş közlanadi.
Demak, Rossiya OAV propaganda bilan şuğillanyapti, sababi, bugun Rossiya telekanallarida axborot plyuralizmi yöq. Davlatning içkarisidagi barça OAV faqat bitta pozitsiyada, boşqa pozitsiyadagi qaraşlar bilan davlat kuraşyapti. Davlatda axborot plyuralizmi yöq bölarkan, bu davlat nodemokratik hisoblanadi, va axborot propaganda tusini olgan böladi.
Uruş boşlangaç, juda köplab mustaqil va tanqidiy OAV yopildi, jurnalistlar hamda faollar Rossiyadan çiqib ketdi. Ba’zilari qamaldi. Rossiyaning axborot siyosati juda şiddatli va ayovsiz kuraş tusini oldi. Kimki Kreml tomonidan aytilayotgan fikrlarga qöşilmasa, yoki tanqid qilsa, davlatning butun qahr-ğazabiga uçrayapti.
Davlat axborot siyosati bir yoqlama bölmasligi uçun, har xil qaraşlar bölişi kerak. Buning uçun, siyosiy plyuralizm bölişi kerak. Misol uçun, AQŞda aksar OAV Ukraina tarafdori bölsa-da, Rossiya va Putinni himoya qiladigan siyosatçilar, OAV va faollar ham bor. Rossiyadan farqli, AQŞda Putin tarafdorlarini heç kim repressiya qilmaydi, qila olmaydi.
Moskva “Ukrainaning NATOga kirişi – Rossiya uçun tahdid” deydi. Haqiqatda, sobiq SSSR qulaşi bilan NATO ança kengaydi. Lekin NATOga kirgan davlatlarning yagona motivi – özlarini Rossiyadan va boşqa tahdidlardan himoya qiliş böldi. NATO bu yangi a’zolarga yaşirinça yoki oşkora bosim qilgani yöq.













