Azizlar, bugun biroz jurnalistika haqida gaplaşamiz. Ikki dahşatli uruş davrida bu kasb insoniyat uçun qançalik muhim ekani körinmoqda. Uruş bu ajoyib soha uçun çinakam sinovga aylandi.
Dunyo xaos holatida bölganda xolis fikr, haqiqatning qadri baland böladi, çunki uruş davrida propaganda yanada agressiv köriniş olib, millionlab odamlarni öz domiga tortadi. Uruş davrida odamlar göyoki daryoning narigi qirğoğida yaşaydigan siyosatçilarga emas, har tong ular bilan elektrobusda işga qatnaydigan jurnalistlarga işongisi keladi. Uruş davrida professional jurnalistika va propaganda örtasidagi farq yaqqol körinadi. Quyida şu mavzuga töxtalamiz.
Mustaqil jurnalistika
Şu kunlarda AQŞ prezidenti Tramp Kiyev imzolaşini talab qilayotgan «tinçlik kelişuvi» butun dunyoda muhokama qilinmoqda. Axir bu kelişuv imzolansa, ikki jahon uruşlaridan keyin dunyoda kuzatilayotgan eng yirik qirğinbarot töxtaydi, dunyo yengil nafas oladi, narx-navo iziga tuşadi, dunyo xavfsizroq böladi.
Qiziği odamlar muhokama qilayotgan bu kelişuv matnini heç qaysi davlat rasman e’lon qilgani yöq. Matn Amerikaning Axios naşri, oldinroq bir ukrainalik jurnalist tomonidan e’lon qilindi. Va butun dunyoda buni çindan rasmiy hujjat sifatida muhokama qilişmoqda, aslida hujjat boşqaça bölsa-çi degan fikr köpçilikning xayolidan ham ötgani yöq. Bu esa odamlarning mustaqil OAVga işonçini körsatadi.
Hozir heç kim Oq uyning saytini oçib, “Qani bular nima deb yozyapti”, deb qarab ham ötirmaydi. “Qani Reuters nima debdi, Axios nima yozdiykin, CNN demokratlarni qöllaydi-kuya, lekin insaydlari zör, New York Times razvedkadagi manbalariga tayanib biror nima yozmabdimi”, deb qiziqadi. Men şunçaki Amerikadagi naşrlar misolida gapirdim, hozir butun dunyoda mustaqil jurnalistikaning, mustaqil blogerlarning — albatta, öz söziga mas’uliyat bilan yondaşadiganlarni aytyapman — jamiyatdagi örni muhim. Çunki odamlar ularni eşityapti, işonyapti. Uruş davrida, axborotga ehtiyoj oşgan davrda bu fakt ayniqsa sezilyapti.
Propaganda uzoq doş berolmaydi
Endi uruş davridagi propaganda qay ahvolga tuşgani haqida Rossiya va Ukrainadagi naşrlar misolida gaplaşsak. Uruş boşida har ikki tomonda propagandaçilar juda faol bölişdi, ularni millionlab odamlar oğzini oçib tomoşa qildi. Bugun axborot asrida propagandaçilar qömondonlar uçun harbiylardan ham muhimroq odamga aylanişadi. Hozirni qöying, Adolf Hitlerning eng sodiq, eng muhim odami propagandaçi Yozef Gebbels bölgan. Bugungi butun dunyo onlayn kuzatayotgan uruşda propagandaning ahamiyatini tasavvur qilavering.











