O‘zbekiston | 08:55 / 07.10.2023
18490
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

SamDTUda nevrologiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

6-7 oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “SamDTU Nevrologiya kafedrasining 90 yilligi — muvaffaqiyatlar, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davomida o‘tkaziladigan anjumanda Turkiya, Isroil, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya davlatlaridan kelgan professor -o‘qituvchilar va respublikamizning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda tibbiyot markazlarining nevrologiya sohasidagi taniqli olimlari, amaliyotchi-mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Rossiya Fedaratsiyasi I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Sergey Sayganov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi, professor, Yoqutxon Nabiyevna Majidova va boshqalar zamonaviy nevrologiya va bolalar nevrologiyasi muhim masalalarini o‘rganish sog‘liqni saqlash sohasi uchun muhimligini, shuningdek, universitetlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilishi uchun lozimligini ta’kidladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mohiyatidan kelib chiqqan holda ilm-fanni rivojlantirish hamda xorijiy davlatlardagi tibbiyot yangiliklarini joriy qilish, asab kasalliklari bilan bog‘liq muammolarga yechim topish va bemorlarni davolashga zamonaviy yondashish, chet ellik olimlar bilan bilim va tajriba almashgan holda nevrologiya fanini xalqaro miqyosda rivojlantirishdir. Shu bois anjuman doirasidagi yalpi majlisda nevrologiya va bolalar nevrologiyasidagi yutuqlar va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti nevrologiya va bolalar nevrologiyasi kafedrasining to‘plagan tajribasi borasidagi ma’ruzalar tinglandi. Xorijlik mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarning chiqishlari ishtirokchilarning alohida diqqat-eʼtiborini tortdi.

Anjumanning keyingi bosqichi ikkita sho‘’bada davom ettirildi hamda “Miyaning limfa tizimi: fiziologiya va klinikadagi roli”, “Lakunar insultning patofiziologiyasi-zamonaviy talqin”, “Xavotir buzilishi va ularning klinik amaliyotidagi ahamiyati”, “Dyushen miyopatiyasini tashxislash va davolashning zamonaviy imkoniyatlari”, “Diabetik polinevopatiyada neyrotrofik omillarning roli”, “Parkinson kasalligida reabilitasiyaga zamonaviy yondashuv” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, keyingi yillarda Nevrologiya sohasida erishilgan texnologik hamda ilmiy yutuqlar, kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi.

Reklama

Mavzuga oid