Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yevroosiyoning nufuzli reyting agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi
Joriy yil 17 may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" nomli talabalar va yosh olimlarning 78-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Koreya va Hindiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalarining 80 dan ortiq oliy tibbiy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlari hamda yurtimizning barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan talabalari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini 25 ta shu’ba bo‘yicha davom ettirdi. Konferensiya shu’balarida jami 2 000 dan ortiq talabalar va yosh tadqiqotchilarning onlayn va oflayn rejimdagi ilmiy taqdimotlari namoyish etildi. Yakunda anjuman ishtirokchilariga diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Quvonarli holatlardan yana biri, bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim dasturlari “ECAQA” (Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevrosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tganligi tasdiqlanib, SamDTU rektori, professor Jasur Rizayevga sertifikatlar topshirildi.
Akkreditatsiya jarayonida universitet ta’lim yo‘nalishlarining Tibbiy ta’lim butunjahon federatsiyasi (World Federation of Medical Education – WFME), Oliy ta’limda sifatni ta’minlash Yevropa assotsiatsiyasi (European Association for Quality Assurance in Higher Education – ENQA) hamda Osiyo Tinch okeani hududi sifat registri (Asia Pacific Quality Registr – APQR) standartlariga muvofiqligiga ijobiy baho berilgan.
Akkreditatsiya yakuniy natijalariga ko‘ra universitetning “Davolash ishi” (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) hamda “Stomatologiya” ta’lim dasturlari WFME Portal bazaviy tibbiy ta’limning akkreditatsiya qilingan ta’lim dasturlari portalida joylashtiriladi.
Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. Bu esa universitet bitiruvchilari uchun xalqaro miqyosda katta imkoniyatlarni ochadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

19:00 / 18.12.2023
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

08:55 / 07.10.2023
SamDTUda nevrologiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

12:49 / 20.04.2023
Samarqandda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

19:39 / 17.03.2023