Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga qaytdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazdi.
Tashrif arafasida va davomida qator muhim tadbirlar, jumladan, hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishi, O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi, uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi, Butunrossiya ko‘rgazma markazida «O‘zbekiston» pavilonining ochilishi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya kichik komissiyalarining yig‘ilishlari va boshqalar bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari bilan birga Rossiyadan mamlakatimizga gaz yetkazishni boshlash marosimida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025