Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qarzini 6 oy ichida bo‘lib to‘lash belgilanmoqda
Soliq kodeksiga to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish jarayonida joriy soliq to‘lovlarini to‘lashni to‘xtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach, soliq qarzlarini olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi o‘zgarish kiritiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks, 18 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
«Soliq kodeksiga to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish jarayonida joriy soliq to‘lovlarini to‘lashni to‘xtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach, soliq qarzlarini olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lash, qarzdor yuridik va jismoniy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning qarzdorlikni to‘lashga yo‘naltirilgan qismini daromad sifatida hisobga olmaslikni nazarda tutish belgilanmoqda», dedi qo‘mita raisi Sharofiddin Nazarov.
Shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan advokatlar sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqi berilganligi munosabati bilan «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga ham qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Loyihaga ular asosida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shuningdek, bir qator tahririy tuzatishlar qilindi, — dedi ma’ruzachi.
Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

18:04 / 12.07.2025
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

10:34 / 27.06.2025