Farmonga köra, Adliya vazirligi huzurida Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy bölimlari taşkil etiladi.

Agentlik tölovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritişga mas’ul bölgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Agentlikning tölovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • tölovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş, şu jumladan, uşbu sohani nazorat qiliş va tartibga soliş;
  • tölovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • tölovga qobiliyatsizlik jarayonlarini töliq raqamlaştiriş, ortiqça byurokratik tartib-taomillarni soddalaştiriş.

Özbekiston sud boşqaruvçilari assotsiatsiyasi negizida barça sud boşqaruvçilari a’zoligiga asoslangan Özbekiston Sud boşqaruvçilari palatasi taşkil etiladi.

Palata özining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boşqaruvçilarini birlaştiruvçi yagona özini özi boşqariş tizimini taşkil etadi.