O‘zbekiston | 13:00 / 10.10.2023
7301
7 daqiqa o‘qiladi

Tarixiy shahar Tbilisida uch kun – TBC Bank va Payme bilan Gruziyaga sayohat

Yoshi bir yarim mingdan oshgan Tbilisi o‘zining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan shaharlardan biri hisoblanadi. Uning Eski shahar qismidagi tarixiy dahalar bugun xorijiy sayyohlarni hayratga solishda davom etmoqda. Yaqinda TBC Bank va Payme tomonidan Gruziyaga uyushtirilgan media-tur davomida bir guruh OAV va blogerlar bank faoliyati bilan tanishishdi va Tbilisining go‘zal manzaralarini tomosha qilishdi.

O‘zbekistonda muvaffaqiyatli ishlayotgan TBC Bank banki va Payme 28 sentabr – 1 oktyabr kunlarida o‘zbekistonlik bir guruh ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun Tbilisiga media-tur tashkil etdi.

Media-tur ishtirokchilari uch kun davomida Gruziya poytaxtining diqqatga sazovor joylari, shu bilan birga TBC Bank’ning Tbilisidagi bosh ofisi faoliyati, kompaniya tarixi, rivojlanish yo‘li, amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Media-turning birinchi kunida O‘zbekistondan borgan mehmonlar Tbilisining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. Uning Eski shahar qismi tarixiy manzarasini saqlab qolgan va bugun Tbilisini tomosha qilish uchun dunyoning juda ko‘p davlatlaridan sayyohlar kelishmoqda.

TBC Bank'ning Tbilisidagi bosh ofisida

Ikkinchi kuni media-tur qatnashchilari TBC Bank’ning Tbilisidagi bosh ofisi faoliyati bilan tanishishdi. U yerda TBC Bank Uzbekistan va Payme kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani, TBC Bank bankida Space mahsulotlari bo‘yicha direktor Georgiy Kapanidze, TBC Bank banki strategik loyihalar rahbari Aleksandr Makashvili media-tur qatnashchilariga bank tarixi, uning rivojlanishi va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil gapirib berishdi.

Media-turning uchinchi kuni o‘zbekistonlik mehmonlar Gruziyaning eski poytaxti Msxeta shahri va undagi tarixiy joylar bilan tanishishdi. Gruziya sayohat ishtirokchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.

TBC Bank tarixi

TBC Bank tarixi 1992 yilga borib taqaladi. Shu yili Tbilisida Tbilisi Business Centre tashkil etiladi. 1993 yilda TBC bank faoliyatini yuritish va xalqaro moliyaviy operatsiyalar uchun litsenziya oladi.

1993 yilda Vaxtang Butsxirikidze ham TBC bankida ish boshlaydi va u 1995 yilda TBC Bank bankining ijrochi direktori etib tayinlanadi. Hozirda Vaxtang Butsxirikidze TBC Group kompaniyasining bosh direktori vazifasida ishlab kelmoqda.

Oradan ikki yil o‘tib, 1995 yilda TBC Bank bankida 29 nafar xodim ishlar, bankning umumiy aktivi 1,5 million dollardan oshgandi.

Shu tarzda rivojlanib kelgan bank 2014 yilda London fond birjasida qatnashishni boshlaydi. Bu bank uchun katta muvaffaqiyat edi.

Nika Kurdianining ma’lum qilishicha, bugun TBC Bank Gruziyada umumiy bozorning 38,8 foizini, mijozlarning depoziti bo‘yicha esa 40,1 foizni egallagan.

«Gruziyada ish boshlagan tadbirkorlarning 60 foizi ilk hisob raqamlarini bizning bankda ochgan», deydi Nika Kurdiani.

Bugun TBC Bank juda ko‘p sohalarni qamrab oladi. Jumladan, sayohat sug‘urtasi, onlayn konsultatsiya, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, turli o‘quv markazlari, bank va moliyaviy xizmatlar, raqamli bank, to‘lov xizmati kabi sohalarda faol ishlamoqda.

Bank tomonidan startaplar uchun foizsiz mablag‘ ajratiladi. TBC Bank’ning o‘z akademiyasi bo‘lib, hozirgacha uni 1 500 nafar xodim bitirib chiqqan. Bundan tashqari, bank Gruziyada regbi sportini rivojlantirishga homiylik qiladi va mamlakat terma jamoasi anchadan buyon jahon chempionatlarida muntazam qatnashib kelmoqda.

O‘zbekistondagi faoliyat

2020 yilda TBC Bank O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya oladi va o‘sha yili kuzda TBC Bank Uzbekistan nomi ostida o‘z faoliyatini boshlaydi.

2021 yilda bank O‘zbekistondagi ilk bo‘limini ochadi. Bugun TBC Bank Uzbekistan O‘zbekistonda ishlayotgan ikkita raqamli bankdan biri hisoblanadi.

Ayni damda TBC Bank Uzbekistan O‘zbekistondagi 33 bank orasida 20-o‘rinni egallamoqda. Yaqin kelajakda mamlakatdagi kuchli 10 bank qatoriga kirishni mo‘ljallayapti.

TBC Bank Uzbekistan 2024 yilda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirish va 2025 yilda bu yerda 50 dan ortiq bo‘limlarini ochishni rejalashtiryapti.

TBC Bank Uzbekistan bankining O‘zbekistondagi faoliyati «Odamlarning hayotini osonlashtiramiz» shiori ustiga qurilgan. Shu sababli bank faoliyatida byurokratiya, ofislarda uzun navbatlar yo‘q. Barcha operatsiyalarni bank ilovalari orqali osongina bajarish mumkin.

«O‘zbekiston Gruziyaga masofa jihatdan yaqin. Qolaversa o‘zbek va gruzin xalqlari o‘rtasida tarixiy va madaniy aloqalar bo‘lgan. O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab iqtisodiy islohotlar boshlandi. Shundan so‘ng bizda bu mamlakat bozoriga kirish rejasi tug‘ildi. O‘sha paytda oldimizda ikkita yo‘l turgandi. Biz tayyor bank sotib olish yoki yangisini ochishni muhokama qildik. Oxirida yangi bank ochishga qaror qildik. O‘shandan buyon mamlakatingizda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqdamiz», deydi TBC Bank Uzbekistan va Payme kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani.

Bugungi kunda TBC Bank Uzbekistan tomonidan berilgan bank kartalari Gruziyada ham muammosiz ishlamoqda. O‘zbekistondan Gruziyaga borgan mehmonlar bu kartalar orqali joylarda turli to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Payme

2012 yilda ochilgan va 2016 yilda mobil ilovasini muvaffaqiyatli joriy qilgan Payme 2019 yilda xalqaro TBC Group tarkibiga kiradi.

O‘shandan buyon Payme rivojlanib kelmoqda va bugun O‘zbekistonda 10 milliondan oshiq odam uning ilovasidan aktiv foydalanadi.

Payme O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda

Jumladan, loyihalar orasida eng yirigi Payme Mahalla hisoblanadi. Bu loyihada bir necha ming foydalanuvchilar turli aksiyalarda muntazam qatnashishadi va kompyuterlar, sport jihozlari hamda maktab o‘quv qurollari sotib olishadi.

Shuningdek, kompaniya ayollar tadbirkorligi va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Moliya savodxonligidan mahorat darslarini o‘tkazmoqda va WECOSMOS musiqa festivalining hamkori hisoblanadi.

Bundan tashqari, Payme kompaniyasi Payme VISA virtual kartalari uchun rang-barang qoplamalar yaratadi. Reklama roliklarida tarixiy mozaikalardan foydalanib, bozorlardagi eski bannerlarni yanada jozibaliroqlariga almashtirib, shahar ko‘rinishi chiroyli bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.

Hozirgi kunda TBC Bank Uzbekistan tomonidan taqdim etilayotgan turli xizmatlarni Payme ilovasi orqali ham bajarsa bo‘ladi. Kelajakda kompaniya bu ilovani yanada rivojlantirib, undan foydalanuvchilar sonini oshirishni rejalashtirgan.

Hamkorlik asosida

Mavzuga oid