Mamlakatimizning özida ham suv manbalari bir tekis joylaşmagan. Ba’zi hududlarda suv yetarli, möl-köl bölsa, ayrim viloyatlarimizga içimlik toza va şirin suv yuzlab çaqirim uzoqdan maşinalarda taşib keltiriladi.

Quyidagi jadvalda hududlar kesimida respublikamiz aholisining içimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi aks etgan:

Suv resurslari taqçilligi muammosi böy körsatmoqda

Ayrim tadqiqotlarga qaraganda, global iqlim özgarişi natijasida sönggi 50–60 yil davomida Markaziy Osiyodagi yuksak toğliklardagi muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Prognozlarga köra, 2050 yilga borib çuçuk suv tanqisligi mintaqada yalpi içki mahsulotning 11 foizga pasayişiga olib kelişi mumkin.

Global iqlim özgarişi, Özbekistonda aholi soni ösib borayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlari kuzatilayotgan jadal rivojlaniş va ulardagi suvga bölgan talab ösişi tufayli suv resurslari taqçilligi yildan yilga ortib bormoqda. Özbekistonda mavjud çuçuk suv hajmi qisqarişi tufayli suv tanqisligi va qurğoqçilik xavfi sezilarli darajada oşmoqda.

Fuqarolar taşabbusni öz qöliga olişi kerak

Toza içimlik suv bilan ta’minlanganlik — aholi turmuş darajasining eng muhim körsatkiçlaridan biridir. Binobarin, markazlaşgan içimlik suvning asosiy iste’molçisi sifatida aholi uzatilayotgan suvni tejaş jarayonida faolroq rol öynaşi kerak.

Biroq hozirgi vaqtda bizda suvni tejab işlatiş masalasiga deyarli e’tibor qilinmaydi. Bunday mas’uliyatsiz munosabat sovetlarning rejalaştirilgan iqtisodiyoti, ya’ni iste’molçilarni suvdan tejamkor va oqilona foydalanişga undovçi biror bir çora körilmagan bir davrda şakllangan. Çunki u paytlarda suv ta’minoti xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti hisobidan subsidiyalangan.

Iste’molçilarning suvdan nooqilona foydalanişi, bir tomondan, suvdan foydalaniş va tölov madaniyati pastligi, ikkinçi tomondan, aholida suvni tejaşga rağbatlantirişning özi yöqligi bilan boğliq.

Şu boisdan bugungi kunda suv tariflarini şakllantirişda bozor munosabatlariga ötiş muammosi juda dolzarbdir.

Bozor — suvni tejaşga turtki beruvçi eng kuçli motivatsiya

Amaliyot şuni körsatadiki, aholining suvdan oqilona foydalanişi köp jihatdan har bir iste’molçining tölovlarni kamaytirişdan şaxsiy manfaatdorligiga boğliq.