Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:25 / 13.10.2023
8232
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘onadagi noqulay ob-havo tufayli Toshkentdan reys muqobil aerodromga yo‘naltirildi
Toshkent – Farg‘ona samolyoti Namangandagi muqobil aerodromga qo‘ngan.
Foto: Uzbekistan Airports
Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti - kuchli shamol kuzatilmoqda.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY81 (Toshkent – Farg‘ona) reysi ekipaji Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot soat 09:12 da Namangan aeroportiga qo‘ndi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish