Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Turkiya dronlari ishlab chiqarilishi mumkin
2024 yildan boshlab Qozog‘istonda Turkiyaning ANKA uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Foto: sarbaz.kz
Turkish Aerospace UAV ANKA kompaniyasi menejyeri Ero‘l O‘g‘uz so‘zlariga ko‘ra, hozir investitsiyalar hajmi masalasi ishlab chiqilmoqda. Uning ta’kidlashicha, ularning maqsadi nafaqat Qozog‘istonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, balki bilimlarni qozog‘istonlik mutaxassislarga o‘rgatishdir.
«Biz nafaqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, balki kelajakda Qozog‘iston mustaqil ravishda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishi uchun tajriba va texnologiyani o‘rgatishni maqsad qilganmiz», deb tushuntirdi Ero‘l O‘g‘uz.
Turkiyaning ANKA uchuvchisiz uchoqlarini Qozog‘istonda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha munozaralar bir necha yillardan beri davom etmoqda.
2022 yil may oyida Anqarada «NK «Kazaxstan Injiniring» va «Turkish Aerospace» o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Qozog‘istonda «Kazaxstan Injiniring» shu’ba korxonasi negizida ANKA dronlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
21:27 / 09.02.2026
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
12:36 / 09.02.2026
Rossiya kechasi Ukrainaga 100 tadan ortiq dron bilan hujum qildi
11:53 / 06.02.2026
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
09:35 / 06.02.2026