Afğonistonning «Tolibon» hukumati tomonidan qurilayotgan Qöştepa kanali yuzasidan Özbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokara ötkaziş uçun yil oxirigaça Afğonistonga yuboriladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov ma’lum qildi. 

Hokim kanal qurilişining viloyatga ta’siri borasida gapirarkan, u Özbekiston emas, Tojikiston çegarasida qurilayotgani, şunday bölsada barçaga birdek ta’sir qilişini ta’kidladi. 

«Hozirça ular [Afğoniston tomoni] kanalni oçgani yöq, keça körsatganlari bu sizot (yerostidan sizib çiqadigan) suvlari edi. Daryoda quriliş işlarini töliq yakunlanmadi. Biroq, xohlaymizmi, yöqmi, suv hajmiga ta’siri qiladi, kamayişiga olib keladi. Özlaştiriş uçun hali yillar kerak, kanalni qurişning özi bölmaydi. Kanalni qazganda mutaxassislar bilan qiliş kerak. Ular hali yerni özlaştirgani yöq, yer özlaştirilib, suvni işlatiş joyi bölişi kerak. Özlaştiriş ham katta mablağ talab qiladi. Biz suvning boşidamiz, hammaga ta’siri böladi, albatta. Ungaça [masala] hukumatlararo [darajada] körib çiqiladi», dedi Uluğbek Qosimov. 

Viloyat hokimi holatni örganiş maqsadida prezident topşiriği bilan hukumat delegatsiyasi tuzilayotganini, unda özi ham borligini ma’lum qildi. 

«Borsak, bu masalani [suv taqsimotini], albatta, kötaramiz. Hozir qaçon boriş masalasi körib çiqilmoqda, ularga xatlar yuborilgan, [taşrif] bir-bir yarim oy içida bölib qoladi», dedi u. 

Qöştepa kanali Afğonistonning Balx viloyati Kaldar tumanidan boşlanib, Jauzjon viloyatidan ötib, Faryob viloyatining Andxoy tumanigaça yetib boradi. Uning uzunligi 280 kilometrni, eni esa 100 metrni taşkil etadi. 

2023 yil iyun oyida Özbekiston suv vaziri Şavkat Hamroyev Qöştepa kanali orqali Afğoniston 300 ming gektarni suğormoqçi ekani, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetişi, Özbekiston mana şu miqdor saqlanib qolişiga intilişini aytgan edi. 

Şavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötgan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta’sisçi davlatlari rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida mazkur kanal haqida gapirar ekan, «Mohiyat-e’tiboriga köra, mintaqamizda suvdan foydalaniş jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan heç qanday majburiyat asosida boğlanmagan yangi iştirokçi paydo böldi», dedi. 

Kanalning işga tuşirilişi «Markaziy Osiyodagi suvdan foydalaniş tartibi va muvozanatini tubdan özgartirib yuborişi mumkin», deb ta’kidladi va kanal qurilişining barça jihatlarini va uning Amudaryoning suv rejimiga ta’sirini örganiş böyiça qöşma işçi guruh tuzişga çaqirdi.