Kun podkastiʼning bu galgi sonida pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev bilan suhbat tayyorlandi. Professor bilan özbek adabiyotining bugungi holati, orzularimizning naqadar kiçrayib ketgani, özbek tilini özimizdan himoya qiliş, kitob öqimaslik qanday oqibatlarga olib borişi, kino, teatr va jurnalistikamizning ayni darajasi adabiyot rivojiga tösiq bölişi, qolaversa, kitobxonlikni tarğib etuvçi tanlovlarning ahamiyati va boşqa masalalarda podkast şaklida körsatuv tayyorladik.
Adabiyot bir jamiyatning tarixi, buguni, kelajagi ölaroq yaşaydi va bugungi kungaça adabiyot garçi biz unga ta’sir eta olmaydigan darajada bölsak ham, ya’ni yaxşi ma’noda rivojlantira olmaydigan bölsak ham, bir joyda töxtab qolmaydi va u ketaveradi. U millat qalbidagi öy-hislarini bir zamondan boşqa bir zamonga köçirib boraveradi. Lekin bugungi kunda biz özimizning haqiqatda adabiyotga mehrli ekanimizni körsata olyapmizmi yoki özimizni adabiyotni şunçaki öqigandek qilib körsatib beryapmizmi, Qozoqboy aka?
– Endi savol ança öylaşga majbur qiladiganroq savol böldi. Adabiyot şunday hodisaki, u lahzani mangulikka muhrlaydi. Deylik, ijodkorning könglini bezovta qilgan, ijodkorning tuyğularini muvozanatdan çiqargan u yoki bu hayotiy bir tuyğu öşa iste’dodli odamning mahorati bilan heç qaçon eskirmaydigan yösinda muhrlab qöyiladi. Heç qaçon unutilmaydigan yösinda. Şunisi bilan adabiyot, yaxşi ta’kidladingiz, u ötmişda qanday xizmat qilgan bölsa, bugun ham, ertaga ham eskirmaydi va öşa xizmatini qilaveradi. Mana u “Oh urarman, oh urarman, ohlarim tutgay seni, Köz yoşim daryo bölib, baliqlar yutgay seni”. Tasvirning nozikligi, mubolağaning qudrati va tuyğularining samimiyligiga qoyil qolasiz. Ha, endi bugun afsuski, adabiyot degan hodisa öqigan odam uçungina bor. Öqimagan odam uçun adabiyot yöq. Va bugun jamiyatning juda katta qismi özi yaratilayotgan badiiy asarlardan xabari yöq, öqişga özida kuç topa olmaydi. “Adabiyotimiz ölgan, adabiyotimiz tanazzulni boşidan keçiryapti, keçagi adabiyot qayoqqa ketib qoldi?” deganday ayblovlarni qöyadi-da, holbuki u özidan xabari yöq. Pasternak degan rusning katta yozuvçisi aytadi: “Katta öquvçi bölmagan joyda katta adabiyot bölmaydi” deydi. Bu juda şunçaki çiroyli aytib qöyilgan gap emas, bu haqiqat. Endi bu bilan nima demoqçiman? Demoqçimanki, adabiyotga talab qöyişdan oldin, adabiyotga ayb taqaşdan oldin uning darajasidan xabardor böliş kerak. Şundagina sening aytgan gapingda salmoq böladi. Özi xabardor bölmagan hodisa haqida xulosa çiqarişdan odam tortinişi kerak.
Pasternakning ham yaxşi fikrini aytib ötdingiz. Endi xayolimga bir fikr keldi. Mana şu adabiyotga bölgan bir tomonlama e’tiborsizlik nimaga işora qilyapti? Kelajakdagi qanaqa xavflardan xabar beryapti?










