21:28 / 18.10.2023
18859

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi

Bu fanlar ularga chuqurlashtirib o‘qitilishi aytilmoqda. 

Maktablarning 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ushbu fanlar o‘quvchilarga chuqurlashtirib o‘qitiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Yo‘nalishlar quyidagicha:

- matematika-fizika;

- ona tili-chet tili;

- kimyo-biologiya;

- matematika-chet tili.

Hozir matematika-fizika yo‘nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo‘nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo‘nalishda 30 ta sinfda o‘quvchilar ta’lim olmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikka ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Top