Germaniya o‘z kompaniyalariga O‘zbekistonga sarmoya kiritishda imtiyozlar beradi
Qaror nemis biznesining Xitoyga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.

Foto: Getty Images
Germaniya O‘zbekistonni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 36 ta ustuvor davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Dasturga muvofiq, nemis kompaniyalari O‘zbekistonga sarmoya kiritsa, imtiyozli sarmoya kafolatlarini oladi. Ushbu qaror nemis korxonalarining Xitoyga qaramligini kamaytirish, e’tibor va kapitalni nemis kompaniyalari faolligi past bo‘lgan, istiqbolli rivojlanayotgan bozorlarga yo‘naltirishga qaratilgan.
Osiyo qit’asida O‘zbekiston bilan birga ro‘yxatga Qozog‘iston, Viyetnam, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand va Filippin ham kiritilgan. Ta’kidlanishicha, aholisi ko‘p va tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bu mamlakatlarning barchasi nemis biznesiga shu paytgacha Xitoyda qadrlangan narsani bera oladi: nisbatan arzon ishchi kuchining ko‘pligi va yirik savdo bozori.
Afrika ro‘yxatda eng ko‘p ifodalangan. Unga Jazoir, Benin, Kot-d’Ivuar, Gana, Misr, Keniya, Marokash, Ruanda, Senegal, Togo, Tunis, Efiopiya, Janubiy Afrika kiradi. Janubiy Amerikada tanlov Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Peru va Chiliga tushdi. Janubi-Sharqiy Yevropada esa Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya, shuningdek, Turkiya va Kosovo.
Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi (BMWK) tomonidan berilgan tushuntirishga ko‘ra, nemis kompaniyalari uchun yaxshi shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, ammo hozirgacha ular tomonidan kamroq e’tibor qaratilayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan sarmoyalar rag‘batlantiriladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
-
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
Sport | 19:29
Mavzuga oid

16:13 / 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025