Hindistonda YTHda vafot etganlarning 70 foizi o‘limiga tezlikni oshirish sabab bo‘lgan
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yil Hindiston yo‘llarida yo‘l transport hodisalari oqibatida 168 491 kishi vafot etgan.
Dunyo avtomobilli aholisining atigi 1 foizi Hindistonda yashaydi, biroq mamlakat o‘lim bilan yakunlangan YTHlar soni bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega.
Hindiston Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda o‘lim bilan tugagan YTHlar 2021 yildagiga nisbatan 9,4 foizga ortgan. Qayd etilishicha, har 10 kishidan 7 nafari yoki 70 foizi tezlikni me’yordan oshirish oqibatida halok bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Hindistonda yo‘l transport hodisalari asosan haydovchilarning uquvsizligi, yo‘llar va avtomobillarning yaroqsizligi ortidan ro‘y beradi. Vazirlik hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakat 2022 yilda kuniga 462, soatiga esa 19 kishini YTH sabab yo‘qotgan.
YTHlarda o‘tgan yilning o‘zida 443 ming kishi jarohatlangan. Bu esa o‘z navbatida 2021 yildagidan 11,9 foizga ko‘p. Jabrlanganlarning yarmidan ko‘pini piyodalar, velosipedchilar, mototsiklchilar tashkil qiladi. Halok bo‘lganlarning 84 foizi esa 18–60 yosh orasidagi mehnatga layoqatli kishilar bo‘lgan.
Bunday baxtsiz hodisalarning eng ko‘pi janubiy shtatlardan biri Tamil Naduda qayd etilgan, undan keyingi o‘rinni markaziy Madhya Pradesh shtati band etgan. Mas’ullarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yilda, Covid-19 koronavirus pandemiyasi vaqtida YTHlar bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada kamaygan.
Xususan, 2020 yilning mart va aprel oylarida YTHlar va undagi o‘limlar bilan bog‘liq holatlar «misli ko‘rilmagan darajada» kamaygan. Bunga esa mamlakat bo‘ylab joriy etilgan karantin sabab qilib ko‘rsatilgan.
Shuningdek, vazirlik yo‘llarni yaxshilash, avtomobillar yo‘llarida nazoratni oshirish va «og‘ir jarimalar» bilan holatni yaxshilashga harakat qilayotganini bildirdi.
O‘tgan oyda Money Control’ga intervyu bergan transport vaziri Nitin Gadkari fuqarolar ham yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasa, hukumatning jarayonga aralashuvi yetarli bo‘lmasligini qayd etgan.
Mavzuga oid
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024