AQSh sanksiyalari ostida qolgan Serbiya maxsus xizmati boshlig‘i iste’foga chiqdi
Aleksandr Vulin Kreml bilan aloqalarga ega va AQSh sanksiyalari ostida. U Serbiyani AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan qutqarish uchun maxsus xizmat rahbari lavozimini tark etayotganini aytdi.
Serbiya Axborot xavfsizligi agentligi (AXA, Rossiyaning «FSB»si analogi) rahbari, Kreml bilan aloqalarga ega bo‘lgan va AQSh sanksiyalari ostida qolgan Aleksandr Vulin 3 noyabr, juma kuni iste’foga chiqdi. Millatchilik kayfiyatidagi keskin bayonotlari qo‘shni davlatlar bilan diplomatik mojarolarga olib kelgan Serbiya sobiq mudofaa va ichki ishlar vaziri Vulin - Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boshlanganidan beri Moskvaga rasman tashrif buyurgan kam sonli yevropalik siyosatchilardan biri.
«Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Serbiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslik uchun mening boshimni talab qilmoqda. Men Serbiyaga shantaj va bosim o‘tkazish uchun sabab bo‘la olmayman, shuning uchun iste’foga chiqyapman», - dedi Vulin.
Aleksandar Vulinga qarshi AQSh sanksiyalari
Joriy yilning iyul oyida Qo‘shma Shtatlar Aleksandr Vulinni korrupsiya va giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, 51 yoshli Vulinni Rossiyaga Bolqon yarimorolida o‘z ta’sirini kengaytirishga yordam berib, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni buzishga ko‘maklashishda aybladi. Vulin ochiq tarzda «Serb dunyosi»ni - turli mamlakatlarda yashovchi serblar ittifoqini himoya qiladi. Tanqidchilar u Moskvaning «Rus dunyosi» g‘oyasiga o‘xshash ekanini bildirgan.
Serbiya 2012 yildan beri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni kutmoqda, biroq Rossiya gaz ta’minotiga deyarli butunlay qaram. Belgrad tez-tez Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatidan chetga chiqadi, xususan, Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, Serbiya BMTda Rossiyani qoraladi.
Serbiya, shuningdek, Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashiga veto qo‘yishiga bog‘liq bo‘lib, u orqali 2008 yilda Belgraddan mustaqilligini bir tomonlama e’lon qilgan Kosovo xalqaro miqyosda tan olinishiga to‘sqinlik qilgan.
Mavzuga oid
20:10 / 15.09.2024
Serbiyada majburiy muddatli harbiy xizmat qayta tiklanadi. Unda ayollar ham xizmat qilishi mumkin bo‘ladi
08:46 / 05.09.2024
Putin Serbiya bosh vaziri o‘rinbosarini gaz yetkazib berishni muhokama qilishga taklif etdi
21:11 / 31.08.2024
Vuchich Serbiya 2028 yilda Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lishiga ishonmasligini aytdi
12:48 / 30.08.2024