Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbari Maksim Reşetnikov bilan uçraşuvidan söng Serbiya boş vaziri Miloş Vuçeviç bilan muzokaralarni bekor qildi, dedi 25 oktyabr, juma kuni AFP'ga Yevropa Ittifoqining Serbiyadagi elçisi Emmanuel Jofre.

Fon der Lyayyen Bolqon mamlakatlariga safari doirasida Belgradga taşrif buyurdi. Poytaxtda u avvalroq Rossiyadagi BRIKS sammitiga bormasligini ma’lum qilgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç bilan uçraşdi.

Serbiya boş vaziri bilan uçraşuv uning Rossiya vaziri bilan uçraşuvi haqidagi hisobotidan keyin bekor qilindi. Serbiya hukumati veb-saytida tegişli xabar paydo böldi va keyin öçirildi. Unda «Serbiyaning Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlaş niyati» haqida söz boradi. Şu nuqtayi nazardan, Vuçeviç bilan uçraşişdan ma’no yöqligiga qaror qilindi, dedi Jofre.

Fon der Lyayyen Belgradga Bosniya va Hersegovinadan kelgan. U avval Albaniya va Şimoliy Makedoniyaga taşrif buyurgan. Serbiyadan söng u Kosovoga boradi va mintaqaviy safarini Çernogoriyaga taşrif bilan yakunlaydi.

Vuçiç 2,5 yil içida birinçi marta Putin bilan telefonda gaplaşdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan deyarli ikki yarim yil içida ilk bor telefon orqali gaplaşdi. Vuçiç suhbat haqida 20 oktyabr kuni Instagramʼda e’lon qildi.

«Biz yaxşi, oçiq, uzoq va mazmunli suhbat qurdik», deydi Vuçiç videoda.

Muloqotga 1944 yil 28 sentabrdan 20 oktyabrgaça Belgrad Qizil Armiya tomonidan faşistlardan ozod qilinganining 80 yilligi sabab böldi.

Vuçiç «Gazprom» rahbari Aleksey Miller orqali Serbiyani qişda «yetarli gaz» bilan ta’minlaşni rejalaştirayotgani uçun Putinga minnatdorçilik bildirdi. «Juda foydali narxlarda», deb qöşimça qildi Serbiya prezidenti.

Rossiya gazini Serbiyaga yetkazib beriş böyiça şartnoma muddati 2025 yilning martida tugaydi.