3 dekabr, seşanba kuni «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi Serbiya parlamenti (Skupşçina)ga hukumatparast Sotsialistlar harakati deputatlari tomonidan taqdim etildi, uning rahbari boş vazir örinbosari Aleksandr Vulin hisoblanadi.
«Kommersant» gazetasining aniqlik kiritişiça, hujjatda «xorijiy manbalardan moliyalaştiriladigan siyosat bilan şuğullanuvçi barça taşkilotlar va şaxslar har bir naşrda çet el agenti maqomini körsatişi şart bölişi» aytilgan. Qonunni buzganlik uçun ayrim faoliyat turlari taqiqlanadi, jinoiy jazo yoki 5 ming dinordan (konvertatsiya qilinganda: 42 yevro) 2 million dinorgaça (17 000 yevro) jarima solinadi.
Vulin: Loyiha Amerika qonuniga öxşaş tarzda işlab çiqilgan
Aleksandr Vulin Serbiya hukumatida BRIKS davlatlari bilan hamkorlikni nazorat qiladi. Şu bilan birga, u muntazam ravişda Rossiyaga taşrif buyuradi. 2023 yilda u «Bolqondagi Rossiya faoliyatini tarğib qilgani» uçun AQŞ tomonidan qabul qilingan sanksiyalarga duçor böldi.
TV Pink telekanaliga bergan intervyusida Vulin, uning harakati tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasi Amerikaning xorijiy agentlarni röyxatga oliş töğrisidagi qonunining (FARA) öxşaşi bölib, «nohukumat taşkilotlarni çet eldan moliyalaştirişni taqiqlaşi»ni aytdi. Ayni paytda, muxolifat buni Rossiya yoki Gurjistonning «çet el agentlari» töğrisidagi qonunlariga köproq öxşaş deb hisoblaydi.

















