Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning Economist jurnalidagi frontdagi vaziyat boşi berk köçaga kirib qolgani haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. Zelenskiyning sözlariga köra, vaziyatni turğunlik deb ta’riflaş noörin.
«Bu umidsiz vaziyat emas, — degan prezident Kiyevda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon del Lyayyen bilan matbuot anjumanida. — Rossiya osmonni nazorat qilmoqda. Biz öz harbiylarimiz hayotini asrayapmiz. Biz Rossiya kabi öz odamlarimizni «yem böliş» uçun şunçaki oldinga taşlamoqçi emasmiz»
Zelenskiy vaziyatni, jumladan Ğarb davlatlari Ukrainaga berişga rozi bölgan F-16 qiruvçi samolyotlari yordamida özgartiriş mumkinligini ta’kidlagan.
«Buni qanday yengiş mumkin? F-16 samolyotlari böyiça yeçim bor. Endi yigitlarimiz uni boşqarişni örganişini, keyin qaytib kelişini kutişimiz kerak. Frontda havo hujumidan mudofaa tizimi mavjud bölganda, harbiylar oldinga ötadi va texnikadan foydalanadi. Bu uzoq jarayon, tezkor yeçimlar ham bor, lekin ular qanaydir kosmik, texnologik emas», — dedi Ukraina prezidenti.
Zalujniy esa Economist uçun maqolasida F-16 samolyotlari ayni vaqtda frontda muvaffaqiyatni ta’minlay olmasligi, ukrain harbiylarining oldinga yurişiga minalangan maydonlar hamda texnikalar yetkazib berilişi sekin keçayotgani tösqinlik qilayotganini ta’kidlagandi.
Zalujniy yozdagi qarşi hujum davomida ukrain qöşini atigi 17 kilometrga yura olganini keltirgandi.
Zelenskiy esa ötgan yili ham Ukraina umidsiz vaziyatga tuşib qolgani haqida gaplar bölganini eslatgan. «Bir neçta harbiy hiyla va Xarkiv oblasti ozod qilindi, buni esga olişingiz mumkin», — degan prezident.
«Taslim bölişga haqqimiz yöq. Muqobili nima? — deya savol qöyadi Zelenskiy. — Davlatimizning uçdan bir qismini berişimiz kerakmi? Axir bu faqat boşlanişi böladi-ku. Biz «muzlatilgan» mojaro nima ekanini bilamiz, allaqaçon özimiz uçun xulosalar çiqarganmiz».
U ğarblik hamkorlar bilan «havo hujumidan mudofaa böyiça köproq işlaş, osmonni tösiş», şuningdek «jangçilarga hujum operatsiyalarini amalga oşiriş imkoniyatini beriş»ga çaqirgan.
Avvalroq Zelenskiy Time jurnalida şov-şuvli maqola çiqargan jurnalist Saymon Şusterga bergan intervyusida Ukraina ğalabasiga «u kabi işonuvçi boşqa heç kim yöqligi»ni aytgandi















