22:06 / 06.11.2023
25464

OChL. «Navbahor» Eronda tarixiy g‘alabaga erishdi, «Nasaf»da durang

Osiyo Chempionlar ligasi 4-turi doirasida «Navbahor» klubi Oston O‘runovning dubli evaziga «Ozodi» stadionida muhim g‘alabaga erishdi, chetlatishlar va penalti kuzatilgan Qarshidagi o‘yinda esa «Nasaf» BAA klubi bilan durang qayd etdi.

OChL 4-turi doirasida «Nasaf» o‘z maydonida «Sharja»ni qabul qildi. BAA klubiga qarshi uchrashuvning 8-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishi mumkin edi, ammo Jigaurining penaltidan yo‘llagan zarbasini raqib posboni qaytarib qoldi. 16-daqiqada esa Marega jamoasining birinchi hujumini golga aylantirdi – 1:0.

Qarshiliklar 2-bo‘limning 81-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirishdi. Abdirahmatovning uzatmasini Mateus Lima Krus golga aylantirib, Qarshidagi stadionni larzaga keltirdi – 1:1.

So‘nggi daqiqalarda amirliklar darvozaboni va Alibek Davronov maydondan chetlatilgan bo‘lsa-da, hisob boshqa o‘zgarmadi.

Shu tariqa, «Sharja» 8 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi, «Nasaf» 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 

OChL. V guruhi. 4-tur
«Nasaf» - «Sharja» (BAA) 1:1

Gollar: Mateus Lima 81 – Mussa Marega 16.
Bosh hakam: Muhammad Holid (Saudiya Arabistoni)
Foydalanilmagan penalti: Jambuli Jigauri, 8 (darvozabon).
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Bahrom Abdurahimov (9.Javohir Siddiqov, 46), 34.Sherzod Nasrullayev (19.Mateus Lima, 71), 70.Jambuli Jigauri (88.Marko Stanoyevich, 46), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov (10.Andres Chaves, 71).
«Sharja»: 40.Odil Al-Hosani, 7.Kayo Fernandesh, 8.Muhammad Abdulbosit, 11.Muhammad Firas (6.Majid Ibrohim, 70), 13.Salim Sulton, 18.Abdalla Alalavi, 19.Xolid Ibrohim, 22.Markus Vinisius, 24.Majid Rashid, 30.Usmon Kamara, 91.Mussa Marega.
Ogohlantirishlar: Sherzod Nasrullayev (29), Zafarmurod Abdirahmatov (50), Alibek Davronov (60), Muhammad Abdulbosit (73), Abdalla Alalavi  (79).
Chetlatishlar: Alibek Davronov 90+3 (2S) – Odil Alhosani 85.

Tehrondagi «Ozodi» stadionida o‘tgan bahsda esa «Nassaji Mozandaron» klubi mehmoni bo‘lgan Namangan jamoasi 7-daqiqadayoq Golbanning goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 21 va 46-daqiqada Oston O‘runov katta sahnaga chiqib, dubli evaziga jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlashga yaqin edi. Faqatgina 69-daqiqada mezbonlardan Ozodi farqni biroz qisqartirdi, xolos – 1:3.

Shu tariqa, «Navbahor» OChL tarixida safardagi ilk tarixiy g‘alabasini Eronda qo‘lga kiritib, 10 ochko bilan «D» guruhida «Al-Hilol» bilan qo‘shhokimlik o‘rnatgan. Ar-Riyod klubi faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra, 1-o‘rinda bormoqda. Saudiya Arabistoni klubi bugungi bahsda Hindistonda «Mumbay Siti»dan ustun keldi – 2:0. «Nassaji» esa 3 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

OChL. 4-tur. D guruhi
«Nassaji Mozandaron» (Eron) - «Navbahor» - 1:3

Gollar: Muhammadrizo Ozodi 69 – Igor Golban 7, Oston O‘runov 21, 46.
«Nassaji»: 1. Muhammad Rashid, 3 . Vohid Muhammadzoda, 4. Amir Janmaleki, 55. Mersad Saifi, 8. Farshed Ismoili (22. Nono, 53), 88. Boboi, 96 . Muhammadriza Abbosi, 5. Said Xolamalibeigi, 6. Mehrdod Abdi (11. Mahmud Rahmati, 86), 10. Husain Zamehron (81.Oriyo Barzegar 64), 9. Muhammad Riza Ozod.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Oston O‘runov, 10. Jamshid Iskanderov (4. Azim Ahmedov, 88), 13. Filipp Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abror Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov, 78), 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov (77. Asadbek Sobirjonov 78), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich.

Mumbay Siti – Al-Hilol – 0:2
Gollar: Oliveyra 62, Mitrovich 82.

Top