Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 1 mlrd grivna mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan bo‘lishi mumkin
«SBU» amaldorni deyarli 1 milliard grivnaga Ukraina Qurolli kuchlari uchun past sifatli qishki kiyim-kechak sotib olganlikda gumon qilmoqda. Gumonlanuvchi hibsda, u 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Foto: Telegram / SBUkr
Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi: u qariyb 1 milliard grivna (27,7 million yevro) qiymatidagi past sifatli qishki harbiy kiyimlarni sotib olganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda «SBU» Telegram-kanalida 6 noyabr, dushanba kuni xabar e’lon qilindi. Amaldorning ismi oshkor etilmagan, biroq Ukraina OAV yozishicha, gap 2021 yildan 2023 yilgacha mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Vyacheslav Shapovalov haqida bormoqda.
Ish materiallariga ko‘ra, 2022 yilda gumonlanuvchi o‘z qo‘l ostidagilar bilan jinoiy til biriktirib, xususiy firmadan sifatsiz harbiy kiyim sotib olgan. «Tergov Ukraina Qurolli kuchlari ushbu formadan foydalana olmasligini aniqladi, chunki u shiddatli jangovar harakatlar sharoitida sovuq mavsumda foydalanishga yaroqsiz», — deyiladi bayonotda.
Sobiq mansabdor shaxsga, shuningdek, uning sherigi - Mudofaa vazirligining Davlat xaridlari departamenti direktori vazifasini bajaruvchiga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining ikki moddasi: o‘zlashtirish, mulkni talon-toroj etish yoki suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallab olish (191-moddaning 5-qismi) hamda Ukraina Qurolli kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish (28-moddaning 2-qismi va 114-1-moddasining 1-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda ikkala gumonlanuvchi ham hibsda, ular mol-mulki musodara qilinib, 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
16:14 / 05.02.2026
Ukraina Rossiyaning «Kapustin Yar» poligoniga zarba yo‘llaganini ma’lum qildi
15:06 / 05.02.2026
Abu-Dabida AQSh ishtirokida Ukraina va Rossiya muzokaralarining ikkinchi kuni boshlandi
13:03 / 05.02.2026
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
11:46 / 05.02.2026