«Ukrainani Putin Rossiyasiga aylantirişlarini istamayman» – Arestoviç Ukraina prezidenti bölmoqçi
|15:20 / 07.11.202333 11218 min
Uruş davrida Ukrainaning asosiy spikeri bölgan sobiq harbiy 2023 yil yanvarida prezident ma’muriyatidan ketişga majbur bölgandi. Hozirda u xorijda. U saylovçilariga Rossiya bilan tinçlik taklif qilmoqda.
Uruş davrida Ukrainaning eng maşhur odamlaridan biriga aylangan Oleksiy Arestoviç 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida öz nomzodini qöymoqçi. U 2023 yil yanvar oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’muriyatini tark etgandi. Uning iste’fosi Dniproda Rossiya raketasi Ukraina tomonidan urib tuşirilgani sabab turar joy binosiga qulagani haqida rasmiy pozitsiyaga zid bayonot bergani ortidan sodir bölgandi.
Uruş boşida Zelenskiyni alqagan Arestoviç oxirgi vaqtlarda uni va atrofidagilarni keskin tanqid qilmoqda. Xususan, uning pozitsiyasi Ukrainada rossiyaparastlarga xos deb qaralmoqda. Uruş boşida Ukraina ğalaba qozonişiga işonişini aytgan siyosatçi endi Rossiya bilan tinçlik muzokarasiga boriş kerakligi haqida gapirmoqda. «Meduza» maxsus muxbiri Yelizaveta Antonova Oleksiy Arestoviç bilan gaplaşib, uning rejalari haqida gaplaşdi.
– Siz prezidentlik saylovlarida iştirok etmoqçi ekaningizni aytdingiz. Saylov Rossiya bosqiniga qadar rejalaştirilgani kabi 2024 yil mart oyida ötkazilişiga qançalik işonasiz?
– Bu köp narsaga boğliq. Aniği şuki, 31 mart kuni Volodimir Zelenskiyning prezidentlik muddati tugaydi va saylov ötkazilişi kerak. Saylov qaçon bölsa ham ötkazilişi aniq. Menimça, köpçilik öylagani kabi keçroq emas, vaqtliroq ötsa kerak.
– Nega?
– Vaziyat şuni talab qiladi. Ukraina jamiyati oktyabrda vakolat muddati tugagan parlament saylovini köçirişni qabul qilişi mumkin, lekin prezidentlik muddatining çözilib ketişi ramziy ma’noga ega holat. Prezidentlik muddati çözilib ketişi ukrain jamiyatida hukumatga yopişib oliş deb qabul qilinadi. Endi buning ustiga, yumşoq qilib aytganda, frontda muvaffaqiyat yöqligi va oldinda bizni kutayotgan oğir qişni qöşaylik. Menimça, 31 martdan keyingi hukumatning har qanday xatosi börttirilgan holatda körinaveradi.
Bundan taşqari, 2024 yil öziga xos yil hisoblanadi. Martda Rossiyada, noyabrda AQŞda prezidentlik saylovlari ötkaziladi. Yevroparlamentda ham saylov bölişini unutmaslik kerak, bu Yevropa Ittifoqidagi eng muhim organlardan biri. Şu tariqa, bizning barça döst va duşmanlarimiz 2024 yilda legitimlaşib oladi. Agar bizda saylov ötkazilmasa, Ukraina legitimlaşmay qoladi.
Oqibatda Ukrainada legitimlik inqirozi boşlanib, mamlakatga körsatilayotgan yordamga ta’sir qiladi. Bu esa biz xohlayotgan narsa emas. Odamlar uruşdan çarçagani, Ukrainaning ğalabaga umid beradigan aniq muvaffaqiyatlari yöqligi va legitimlik inqirozi saylov har qanaqasiga ötkazilişi kerakligiga olib keladi
Mavzuga oid
.
– Demak, siz prezidentlik saylovlari qaçon ötkazilişidan qat’i nazar unda qatnaşmoqçisiz?
– Albatta. Hatto ikki yildan keyin ötsa ham.
– Bu qaroringizni prezident ma’muriyati bilan muhokama qildingizmi?
– Yöq, men ular bilan mojaroga bordim, çunki ularga nisbatan muxolif pozitsiyada bölib qoldim. Töğrisi, ularning harakatlari mening siyosiy qaraşlarim doirasidan taşqariga çiqib ketyapti.
– Ya’ni?
– Birinçidan, mening falsafiy-psixologik maktablarim ma’murlarini noqonuniy tinglaşgani holatlari kuzatildi. Tafsilotlarni aytmayman, lekin şunday böldi. Telefonlar öz-özidan maşinalarda «jonlanib ketdi», uylarda kameralar işlamay qoldi.
Ikkinçidan, uyimiz oldida politsiya qorovullik qila boşladi. Bizning mamlakatda prezident ofisi rahbarining sobiq maslahatçisiga heç kim qöl kötarmaydi. Bunday iş faqat mamlakat rahbariyati vakillari ruxsati bilan qilinişi mumkin, xolos. Mendagi ma’lumotlarga köra, uyim oldida qorovullik qilayotganlar aslida Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bölgan. Ular qayerda ekanim, nima qilayotganim bilan juda qiziqib qolişdi.
– Bu qaçon böldi?
– Intervyularimdan birida Volodimir Zelenskiyning AQŞga taşrifi haqida iltifotsizlik bilan gapirganimdan keyin.
– Qaysi naşrga?
– Jurnalist Vasiliy Golovanov bilan gaplaşgandim. U bilan har hafta efirga ketadigan dasturimiz bor, unda men savollarga javob qaytaraman. Şundan keyin Oliy Rada deputatlari ustimdan arznomalar kiritişdi. Xususan, hukmron «Sluga naroda» partiyasi vakillari meni uşlab qamaş kerakligi haqida yuqori minbarlardan gapirişmoqda. Mana, bugun ham Saymon Şusterning maqolasiga munosabat bildirganimdan keyin ham şunday çaqiriqlar yangradi.
Va nihoyat, prezident Zelenskiyga töğridan töğri böysunadigan Xavfsizlik kengaşi kotibi Oleksiy Danilov men rus josusi ekanim, Rossiya manfaatlari uçun işlayotganim, men bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar şuğullanayotgani haqida gapirdi.
Bunça işlardan keyin prezident ma’muriyati bilan munosabatlarni saqlab qoliş oson emasligini tuşunib turibsiz. Bunday istagim ham yöq. Prezident haqida ham, uning ma’muriyati haqida ham öz fikrimni aytib böldim. Men muxolif fikrlarim uçun menga qarşi siyosiy bosim ötkazişyapti deb hisoblayman.
Ular menga qarşi tayinli isboti bor ayblov ham körsata olişmayapti. Normal, demokratik davlatlarda birovni josuslikda ayblagan odam bunga javob berişi ham kerak. Ukrainada esa birovni heç qanday isbotsiz istalgan narsada ayblaşayotganini körib turibsiz. Men mamlakatda mana şunday işlar bölmasligi uçun ham prezidentlikka nomzodimni qöymoqçiman.
– 2022 yil aprel oyida ham biz bilan gaplaşgan edingiz. Lekin öşanda prezident ma’muriyatida işlayotgan, muxolif tomonda emasdingiz. Ukraina siyosatini kuzatmaydiganlar uçun tuşuntirib bersangiz: aynan qaysi pallada siz muxolifga aylandingiz?
– Qarang, 2023 yil 17 yanvar kuni Dniproga berilgan zarba haqidagi bayonotimdan keyin prezident ma’muriyatidan ketdim. Şundan keyin ham men Ukrainaning harbiy-siyosiy rahbariyatini qöllaşda davom etdim. Şunday bölsa-da, menga nisbatan kompromatlarning 70 foizi aynan prezident ma’muriyati tomonidan buyurtma qilingan. Bunday narsalar 2022 yil mart oyidayoq – hali uruş boşlanganiga bir oy ham bölmagan bir vaqtda çop etila boşlagandi. Öşandayoq kim nima buyurtma qilayotganini juda yaxşi bilgandim.
Dniprodagi binoga zarba. Aynan şu voqea böyiça izohidan keyin Arestoviç Zelenskiy jamoasidan ketişga majbur bölgandi
State Emergency Service of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
– Aynan qaysi vaziyatda hammasi özgara boşladi?
– Menimça, uruş boşida mening reytingim juda yuqori bölgan, hatto prezidentdan keyin ikkinçi deb öylayman. Şuning uçun öşandayoq [men va Zelenskiy] raqobatlaşa boşlagandik. Bu insonlar bilan ular qulay vaqtda orqamdan iş qilişlarini bilgan holda bir yarim yil birga işladim. Ukraina manfaatlari yölida işladim.
Ular ommaviy korrupsiyaga yöl oçiş orqali Ukrainaga qanday zarar berişayotgani, davlatni avtoritar yöl bilan boşqarişayotganini bilardim. Ular islohot örniga stagnatsiya va monopollaştiriş bilan şuğullanişdi. Umuman olganda, demokratiyaga zid bölgan işlarni qilişdi. Ammo çidaşga majbur edim, çunki ularning faoliyatiga Ukrainaga zarardan köra köproq foyda keltirmoqda deb öylardim. Öşanda balans bor edi. Ammo şu yil yozda bildimki [Zelenskiy jamoasining] foydasidan köproq zarari tegyapti. Bunga [Zelenskiyning] AQŞga taşrifidan keyin mutlaq amin böldim.
Keyin yorildim. Avvaliga ehtiyotkor tanqidlardan boşladim. Keyin ular Ukraina milliy manfaatlariga zid harakat qilayotganini körgaç, kengroq tanqid qildim. Qarşi hujum toqatimni toq qildi, çunki u muvaffaqiyatsiz çiqayotganini bilardim. Çunki prezident qöşinlarni Baxmut yönalişiga yubordi va bu mening fikrimça ahmoqlik edi. Qarşi hujumdagi muvaffaqiyatsizlik uçun eng katta aybdorlardan biri şaxsan Zelenskiy. Şu tariqa men harbiy odam sifatida asabiylaşa boşladim, tuşunyapsizmi?
Bir narsani ta’kidlamoqçiman, ular şaxsan meni xafa qilişganda indamadim, ularni tanqid ham qilmadim. Axir Ukrainaning taqdiri oldida mening taqdirim heç narsa emas. Mening odamlarimga tega boşlaşganida ham indamadim. Ammo Ukraina bilan nima qilişayotganini anglagaç jim tura olmadim.
– Siz hozir Ukrainadamisiz?
– Yöq, albatta. Qator xalqaro forumlarda spiker sifatida iştirok etişim kerak. Ya’ni, xorijda bölib turiş uçun asoslarim bor. Ammo Xavfsizlik kengaşi kotibi, hukmron partiya deputatlari sen rus josusi ekaning, seni qamaş kerakligi haqida gapira boşlagaç qaytiş qançalik töğri ekani haqida öylay boşlaysan. Buni siyosiy bosim deb ataş mumkin. Boşqaça aytganda, «bu öyinni çetdan turib öynaymiz».
– Ya’ni, siz çet elda turib prezidentlik kampaniyasi olib bormoqçimisiz?
– Agar ular özlarini hozirgidek tutişda davom etişsa, bu variantni ham istisno qilib bölmaydi. Çunki hukumat töliq ularning qölida, harbiy holat, isbotsiz ayblovlarni yoğdirişda davom etişmoqda. Ixtiyoriy tarzda ularning qurboniga aylaniş mening rejalarimga kirmagan.
Arestoviç Finlandiyadagi xavfsizlik masalasiga bağişlangan forumda
Oleksiy Arestoviçning Facebook sahifasi
– Qaysi davlatdasiz?
– Men doim sayohat qilaman. Hozir borişim kerak bölgan xorijiy tadbirlarim çindan köp.
– Saylov arafasida partiya tuzasizmi?
– Albatta.
– Nomini öyladingizmi?
– «Arestoviç partiyasi». Ukrainaga faqat ismlarga qöyilgan partiyalar işlaydi. Brend bor va uning asosida işlaymiz.
– Sörov ötkazdingizmi? Saylovçilarning ovozlari taxminan qanday taqsimlanadi?
– Men ötkazganim yöq, lekin uni ötkazadiganlar aniq prezidentlikka nomzodlardan biri deb qaralayotganimni aytişdi. Men nomzodimni qöyişimdan avval ham şunday bölgan. Yana bir narsani unutmaslik kerak: siyosatçilarning uruş davridagi reytingi boşqa, uruşdan keyingi reytingi boşqa. Şunday ekan, hali kimning reytingi qanday ekanini köriş kerak.
Mening dasturim odamlar tomonidan iliq kutib olindi. Ba’zilar juda yaxşi, ba’zilar şunçaki pozitiv kutib olgan. Mening prinsipial raqiblarim bölgan odamlar ham: Arestoviçmi, albatta u töğri odam, dasturi ham çakki emas, deyişmoqda. Keling, nima bölişini kutamiz.
– Dasturingizga qaytamiz. Hozir sizning qöllovingiz haqida gaplaşsak. Agar 2024 yilda saylov bölsa, neça foiz ovoz olaman deb öylaysiz?
– Bu haqda aniq gapiriş qiyin, töğrisi. Mening hozirgi qaraşim şunaqa: saylovda qatnaşaman va polittexnologlardan foydalanmayman. Ular menga köp marta yordam taklif qilişdi va men rad etdim. Men ularga kerak yoki kerak emasligimni ukrainlar hal qiladi.
– Siz polittexnologlardan foydalanmayman, deyapsiz. Lekin köpçilik Yuriy Romanenko sizning texnologingiz ekaniga işonmoqda.
– Bunday emas. Yuriy Romanenko şunçaki mening yaxşi döstim va hammaslagim. Prezidentlik saylovida u bilan birga qatnaşamiz va heç qanday polittexnologlardan foydalanmaymiz. Çunki xalqim bilan gaplaşayotganda texnologiyadan foydalaniş töğri deb hisoblamayman.
– Ammo öşa sizning yaqin döstingi polittexnolog, gap şunda...
– Ha, u maşhur texnolog. Ammo undan professional mahoratini olib qöya olmayman. Uning öz qaraşlari bor. Biz tortişuvlarda ğoyalar yaratamiz.
– Ya’ni, u sizga maslahat beradimi?
– Albatta. Men nafaqat yaqin döstlarim, balki feysbukdagi odamlarning fikrini eşitişga ham tayyorman.
– «Saylovda u bilan birga qatnaşamiz» deganda nimani nazarda tutdingiz? Romanenko sizning jamoangizda qanday rolda iştirok etadi?
– U partiya röyxatida ikkinçi örinda, bölajak ma’muriyat rahbari.
– Maşhur ukrainaliklar orasidagi tarafdorlaringiz haqida gapira olasizmi?
– Yöq, bunday qila olmayman, çunki bu iş bilan odamlarni hozirdan ta’qib ostida qoldirmoqçi emasman, meni kuzatişayotganining özi yetarli. Saylovoldi kampaniyasi boşlanib ular kerakli kafolatlar olişgaç, jamoamni taniştiraman. Unda köpçilik borligini körib hayratda qoladigan odamlar ham böladi.
– «Sluga naroda» partiyasi yoki prezident atrofidagi kimlardir jamoangizda böladimi?
– Yöq.
– Reyting masalasida qaytsak. Prezidentlikka nomzodingizni qöyar ekansiz, poygada yutiş imkoni bor deb öylaysizmi?
– Ha, yutiş imkonim bor.
– Sizning ayollar haqida aytgan bir gapingizni eslasak: «Mana, ayting, bu mavjudotlar bilan nima qilişni istaysiz? Böğişni! Qöyib yubormay böğişni. Albatta, avval birga bölib, keyin – jonga tekkaç, ölib qolguniça böğişni». Bu gaplaringizdan keyin ayollar sizga ovoz beradi deb öylaysizmi?
– Bu feyk-ku, siyosiy buyurtma. Bu oçiq seminarimda aytilgan gapimdan yulib olingan, istagan odam uni topib körişi mumkin. Bu gapning oxirida «Ba’zi kuçsiz erkaklar şunday öylaydi» deb aytganman. Şunday ekan, biz bunaqa emasmiz, har qanday holatda ham bunday qiliş yaramaydi.
– Saylov dasturingizda rus tili haqida nimadir böladimi?
– Mening pozitsiyam aniq: ukrain tiliga – qöllov, boşqa tillarga – erkinlik. Rus tilini ta’qib etişni bas qiliş kerak. Mamlakat hududida har qanday tilni ta’qib qilişni çeklaş kerak.
– Gap barça tillarning teng proporsiyasi haqida ketyaptimi?
– Teng emas. Ukrain tilini rivojlantirişga e’tibor qaratiladi, ammo boşqa tillar erkin bölişi kerak, heç kimni, masalan, rus tilida kitob çop etadigan tahririyatni ta’qib qilmaslik lozim. Şunçaki rus tilidagi kitoblar kim unga ehtiyoji bölsa, öşanga beriladi. Ozarboyjon tili, belarus tili va arman tillaridagi naşrlar ham şunday. Ukraina madaniyati oxirgi yuz yilliklarda juda jiddiy zarar kördi. Uni ongli tarzda ta’qib qilişdi, bu xatoni tuzatiş tarixiy burçimiz.
– Madaniyat sohasidaçi – spektakllar, filmlar?
– Men hammasiga ruxsat beraman. Rus tilidagi madaniyat namunalarini ta’qib qiliş – inson huquqlariga, Konstitutsiyaga zid. Albatta, ba’zi antiukrainça kitoblar bor. UXX maxsus analizdan keyin ular bilan şuğullanişi kerak, lekin erkin adabiyotga qarşiligim yöq.
– Dasturingizda «Kissenjyer varianti»ga tayyor ekaningizni aytgansiz. Ya’ni, Qrim va Donbass Rossiya tarkibida qolişiga tayyormisiz?
– Bu vaqtinça. Putin taxtdan ketişini kutamiz va yangi rahbariyat bilan bosib olingan hududlar masalasini muhokama qilamiz. Yangi rahbariyat Putindan aqlliroq bölişiga işonçim komil.
– Nega Putindan keyingi rahbariyat bosib olingan hududlarni qaytaradi deb öylayapsiz?
– Uruşni faqat Putin, Şoygu va ular atrofidagi tor doiradagi odamlar xohlayotganiga işonçim komil. Qolganlar orasida Rossiya Ğarb tamaddunining bir qismi ekaniga işonadigan, ruslar normal hayotga qaytişi, ularning mulki tortib olinmasligi, sanksiyaga uçramasligi kerak deb hisoblaydigan aqli rasolar köp.
– Ammo sörovlar aksar ukrainlar mamlakat 1991 yilgi çegaralariga qaytişi kerak deb hisoblayotganini körsatmoqda.
– Şunday. Ammo men ularga tuşuntiraman, hayot tuşuntiradi. Armiyamiz Tokmakni ololmadi, tez orada Avdiyivkani ham boy beradi. Hozir 1991 yilgi çegara haqida gapirib ham bölmaydi. Ukraina energiya tizimlariga zarbalar bilan ötadigan qiyin qişdan keyin uruşni ğalabagaça olib boriş istagida bölganlar soni yanada kamaysa kerak.
Avdiyivka, 2023 yil oktyabr
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Ammo asosiy omil boşqa. Biz 1991 yilgi çegaraga qaytsak ham, uruş bu bilan tugaşiga kim kafolat beradi? Uruş bundan keyin ham davom etişi mumkin. Hozir muhimi uruşni töxtatiş kerak, çegaralarni keyin muhokama qiliş mumkin.
Buning ustiga men alternativ variant sifatida bosib olingan yerlarni Rossiyaga topşirişni emas, NATOga kirib, blokdan siyosiy va harbiy kafolat olişni taklif qilyapman. Keyin esa Rossiyada tuzum özgarişini kutiş mumkin. Tarixda bunaqasi bölgan va yana şunday qila olişimiz mumkin.
– Öziningiz aytingiz, sizni Kreml agenti deb ataşmoqda. Bu ayblovlarga qanday javob berasiz?
– Bu qiyin iş emas. Men Ukraina xalqini himoya qilişga ont içgan ukrain zobitiman. Qasamimga doim sodiq böldim. Barça ayblovlar esa isboti bilan bölişi kerak.
Men rus tili va rus madaniyatini himoya qilayotganim inson huquqlari bilan boğliq. Agar biz rus tilini ta’qib qilsak, ukrain tilini ta’qib qiladigan Putindan nima farqimiz qoladi? Men Ukrainani Putin Rossiyasiga aylantirişlarini istamayman. Biz erkinlik uçun kuraşyapmizmi – erkinlikka zid işlar qilmasligimiz kerak.
– Rossiya bizning qöşnimiz, u heç qayerga ğoyib bölmaydi. Putinlar keladi-keladi, Rossiya esa qoladi. Siz va biz ikki narsani: Rossiya kuçli, erkin, demokratik davlat bölişi va Ğarbning bir qismi bölişini xohlaymiz, Xitoyning tagiga kirib ketib, Xitoyning yadro qurolli yöldoşi bölişini emas. Vaqti kelib Rossiya bilan Ğarbning umumiy pozitsiyasi böyiça ittifoqçi bölişimiz mumkin. Şunday ekan, ruslarni kamsitişning barsa unsurlari bizning strategik xatomiz böladi.
Biz Rossiya bilan muloqot qilişimiz kerak. Putinni esa ittifoqçilarimiz yordamida harbiy yöl bilan tiyib turişimiz lozim. U Ukrainani egallaşga qaratilgan har qanday harakatiga kuçli harbiy javob berilişini anglaşi kerak.