08:54 / 09.11.2023
12228

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: Telegram / hidoyatov_bsh

Bugun, 9 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy  rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev Toshkentga yetib keldi. 

Mavzuga oid
Top