«Bu o‘yinda g‘alaba qozonish biz uchun muhim». Shomurodov Turkmaniston va Eronga qarshi bahs va «Kalyari»dagi faoliyati haqida
Bugun, 13 noyabrdan O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi. Srechko Katanets shogirdlari FIFA kunlarida JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasidagi rasmiy o‘yinlarga kirishadi. Turkmaniston va Eronga qarshi o‘yin oldidan Eldor Shomurodov ham milliy jamoa safiga qo‘shildi va dastlabki mashg‘ulotdan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Eldor, muhim o‘yinlar oldidan jamoaning kayfiyati, tayyorgarlik haqida to‘xtalsangiz...
- Kayfiyat yaxshi. Buyog‘iga rasmiy o‘yinlar boshlanmoqda, bu haqiqiy kuchimizni sinab ko‘rishga yordam beradi. O‘yinlarga barchamiz tayyor.
- Oldinda Turkmaniston va Eronga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Bu raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Ikkala raqibga qarshi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Turkmanistondagi o‘yin haqida «Paxtakor» o‘yinchilari bilan gaplashdik, u yerdagi sun’iy maydon bo‘yicha savollar bor. Ammo ikki jamoa ham o‘sha stadionda to‘p suradi. Bu bahs guruhdagi birinchi o‘yin va unda g‘alaba qozonish biz uchun juda muhim.
- «Kalyari»dagi faoliyatingiz haqida ham to‘xtalsangiz. Klaudio Raniyeri qo‘l ostida to‘p suryapsiz, bu qanday kechmoqda?
- Yaxshi. Hammasi joyida. Sekin formaga kirib boryapman, murabbiylar va jamoadagilar bilan munosabatim yaxshi.
- Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini sun’iy qoplamali maydonda o‘tgani uchun shifokorlar sizga maydonga tushmaslikni tavsiya qilgandi. Turkmanistondagi o‘yin ham sun’iy qoplamada o‘tishini inobatga olsak, bahs JCh-2026 saralashidagi rasmiy o‘yin bo‘lgani uchun maydonga tushasizmi?
- Albatta, bu rasmiy o‘yin. Meksika bilan uchrashuv esa o‘rtoqlik maqomida edi. Shu bois o‘shanda tavakkal qilmaslikni so‘rashgandi. Oldimizdagi bahs esa rasmiy uchrashuv ekanligi sababli jarohat olish xavfi haqida o‘ylab ham o‘tirganim yo‘q, - deya Eldor Shomurodovning so‘zlarini keltirgan Tribuna.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 16 noyabr kuni Ashxobodda Turkmanistonga qarshi maydonga tushsa, 21 noyabr kuni Toshkentda Eronni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

20:32 / 06.06.2025