Kun.uz muxbiri “Milliy tiklaniş” partiyasi raisi Alişer Qodirov bilan telefon orqali boğlandi va Özbekistonda davlat bayroğidan foydalaniş borasida kiritilgan özgarişlar, “Davlat tili haqida”gi qonun, yozuv islohi va boşqa bir qator mavzularda intervyu ötkazdi.
— Alişer aka, bugungi bayram muborak bölsin. “Milliy tiklaniş” partiyasi davlat bayroğidan foydalanişda qöyilgan qator çeklovlarni yumşatiş böyiça taşabbuslarni ilgari surgan partiyalardan hisoblanadi. Bu özgarişlar keyinçalik “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunda ham aks etdi. Qonundagi asosiy özgarişlarni sodda qilib tuşuntirib bersangiz.
— Ha, davlat bayroğidan foydalanişda belgilangan qator çeklovlarni olib taşlaş masalasini uzoq vaqt kötardik, muhokamalar böldi. ÖzLiDeP partiyasi bilan birgalikda harakat qilib, çeklovlar olib taşlanişiga erişdik. Fuqarolarning bayroqdan foydalanişini çeklovçi me’yorlar olib taşlandi. Yangi qonun loyihasi işlab çiqişda xalqaro hamjamiyatdagi bayroq bilan boğliq qonunçiliklar misol keltirildi. Deylik, Turkiyada bayroq osilib turişi şaraf hisoblanadi, qonunçiligi şunga yöl beradi. Bayramlarda köçalar qip-qizil (bayroği rangi) bölib ketadi. Bayroqqa bölgan çeklovlar, munosabat jamiyatdagi kamçilik ekanini e’tirof etib, birinçi qadam sifatida qonunga özgartiriş kiritdik. Qonunga köra, endi fuqarolar bayroq va hurmat körsatgan holda bemalol foydalanişlari mumkin. Davlat bayroği bölişi kerak bölgan taşkilot turlari aniq belgilab qöyildi. Hali bu borada yana işlar davom etadi. Masalan, ranglarni qöllaş böyiça masalalar körib çiqiladi, turli talqinlar yuzaga kelişi oldini oliş kerak. Bu narsa qonunda belgilanişi zarur, har joyda har xil bölib qolmasligi kerak bayroq.
Bizdagi eng katta muammolardan biri – jamiyatda bayroqqa bölgan munosabat şakllanmagani. Partiyamizning har bir a’zosiga bayroq berib, özi yaşayotgan hududga osiş masalasini köryapmiz. Jamiyatga şuni namuna qilib borsak, qisqa davrda xalqimizda bayroqqa munosabat şakllanadi.
Bayroqni xonadonlarga, boşqa muassasalarga bemalol ilib qöyiş mumkin endi, bayram bölişi şart emas buning uçun. Har bir xonadonda bayroq bölişi, ayrilmas qismi bölişi kerak. Bizda ham Turkiyadagi kabi munosabat şakllanişiga köp vaqt ketmaydi. Özim ham uyimga ikkita bayroq ilib qöydim derazadan. Tarğibot işlarini ham olib boryapmiz.
— Eşitişimizga qaraganda, deputatlar oxirgi vaqtlarda davlat tili borasidagi qandaydir qonunçilik ustida işlamoqda. Bu qanday harakatlar, ayta olasizmi?
— Davlat rahbari tomonidan “Davlat tili haqida”gi qonunga qöşimça va özgartirişlar kiritiş taklifi böldi. Endi qonunni yanada takomillaştirgan holda muhokamaga kiritamiz. Oldingi muhokamalarda köp takliflarimiz ötmay qolgandi.












