Oliy Majlis deputati, “Milliy tiklaniş” partiyasi raisi Alişer Qodirov Toşkentda bir neça kundan beri davom etayotgan havoning öta xavfli darajadagi ifloslanişi fonida hukumatni himoya qilib çiqdi.

22 noyabr kuni Özgidromet direktori Şerzod Habibullayev bayonot bilan çiqib, Toşkentda iflos havo uzoq vaqt saqlanib qolayotgani – tabiiy va mavsumiy omillar bilan boğliqligini aytgandi.

Alişer Qodirov bu bayonotni olqişlar ekan, uni “havoda zararli zarralarni hukumat bilan boğlayotgan “ekspertlar uçun yaxşi, lekin uç kunga keçikkan javob” deb atadi.

“Mutasaddilar, odamlarni çalğitadigan taxminlarni tarqalib ketişiga yöl qöymasliklari zarur!” – deb yozdi deputat 22 noyabr kuni öz Telegram-kanalida.

“Dunyoda biron hukumat tabiatga buyruq berolmagan, berolmaydi ham. Özbek xalqi doimo Xudodan qörqib, bandasiga andişa bilan, Vataniga maskun hayotini yaşagan, yaşayapti va yaşaydi. Qudrat tafakkur, tartib va ahilligimizda.

Unutmang, bizning bezovtaligimiz kimlarningdir xotirjam bölişi uçun juda kerak bölib turibdi…” – dedi Qodirov.

Siyosatçi 23 noyabr kungi postida manba keltirmagan holda “ekolog ekspertlarning tadqiqot va xulosalari” haqida yozdi. Uning da’vo qilişiça, bu xulosalarga asosan, “quriliş, transport va sanoatning Toşkent havosidagi ta’sir darajasi 8-10 foizdan oşmaydi”, şu sababli “safarbarlik bilan bölayotgan barça iş va qarorlar şu foizga ta’sir qiladi xolos”.

“Hukumatni istagança tanqid qilaylik, odamlarni rozi qiliş uçun şamol, yomğir, yoki havo massasini sotib olib bölmaydi, aksinça, havoda zararli zarralar bilan negativ zarralar miqdori ham ortadi…

Şuni aytmoqçi edim xolos…” – dedi deputat.

Ekologiya vazirligi boşqaça ma’lumot bergan

Alişer Qodirov keltirgan raqamlar hozirgaça rasman e’lon qilingan raqamlardan jiddiy farq qiladi.