11:41 / 24.11.2023
17972

O‘zbekiston 198 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalari amalga oshirilgan.

2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 51 mlrd AQSh dollariga yetgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 25,2 foizga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,2 foiz), Rossiya (15,6 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.

Top