2024 yilning birinçi yarmida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 5 mln 92 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 17,4 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Ma’lumot uçun, hisobotni tuzişda mudofaa, içki işlar, bojxona, DXX, prokuratura va sud tizimlaridagi maoşlar, şuningdek, kiçik tadbirkorlik sub’yektlarida va qişloq xöjaligi sohasida işlovçilarning maoşlari kiritilmagan.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (8 mln 450 ming), Navoiy (6 mln 602 ming) va Toşkent viloyatida (4 mln 918 ming) qayd etilgan.
Eng kam maoşlar esa Qaşqadaryo (3 mln 634 ming), Surxondaryo (3 mln 688 ming) va Namangan (3 mln 751 ming) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda – Toşkent şahri va Navoiy viloyatida nominal iş haqining darajasi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida hududlar böyiça örtaça oylik nominal iş haqining eng yuqori ösiş sur’atlari Toşkent şahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farğona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Maoşlar oşgani ortidan, hududlar kesimidagi farqlaniş kuçayib bormoqda. Masalan, 2020 yilda eng boy va eng kambağal hududlardagi (Toşkent/Qaşqadaryo) örtaça iş haqidagi farq 83 foiz, 2021 yilda (Toşkent/Farğona) 97 foiz, 2022 yilda (Toşkent/Samarqand) 2,08 barobar, 2023 yilda (Toşkent/Samarqand) 2,17 barobar bölgan bölsa, 2024 yilning ötgan davrida bu körsatkiç (Toşkent/Qaşqadaryo) 2,33 barobarga yetgan.
2023 yilda örtaça oylik iş haqini hisoblaşda 3 mln 135 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. Şundan 37,9 foizi ta’lim, 18,3 foizi sanoat, 16,7 foizi soğliqni saqlaş sohasi vakillari hissasiga töğri kelgan.

2024 yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça sohalar kesimida eng yuqori örtaça oylik iş haqi miqdori:
- bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida– 14,4 million söm;
- axborot va aloqa sohasida –12,4 mln söm;
- taşiş va saqlaş sohasida – 7,7 mln söm;
- sanoat sohasida – 6,2 mln söm;
- savdo sohasida – 5,8 mln söm;
- quriliş sohasida – 5,4 mln söm;
- yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari sohasida – 4,5 mln söm;
- san’at, köngil oçiş va dam oliş sohasida – 4,1 mln söm;
- ta’lim sohasida – 3,5 mln söm;
- soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida – 3,3 mln söm.

Individual sohalar özaro taqqoslansa, iş haqining tarmoqlar kesimidagi tengsizligi ham ortib borayotganini köriş mumkin. Xususan, 2020-2024 yillarning mos davri oraliğida bank va suğurta faoliyatida band bölgan xodimlarning oylik maoşi 2,63 barobarga (5 mln 487 ming sömdan 14 mln 434 ming sömga) oşgan bölsa, bu körsatkiç soğliqni saqlaş sohasida 85 foizni (1 mln 779 ming sömdan 3 mln 288 ming sömga), ta’lim sohasida 78 foizni (1 mln 967 ming sömdan 3 mln 499 ming sömga) taşkil etgan.












