Agar kun böyi işlab, qattiq mehnat qilib özingiz kutgandek muvaffaqiyatga erişmayotganingizni sezayotgan bölsangiz, siz yolğiz emassiz. Bu köpçilik sezadigan yoqimsiz his. Vaqtingizdan şaxsiy rivojlaniş uçun çegirib qolişga “5 soat qoidasi” yordam bera olişi mumkin.
Kunimizni qanday sarflaymiz?
Dunyo böyiça insonlarning örtaça umr köriş darajasi 73,4 yoşni taşkil qiladi. Bu degani bir odamda örtaça 26 ming 808,7 kun borligini anglatadi.
Insonlar umrining uçdan bir qismini uxlab ötkazadi. Lekin bu me’yor ham davlatlarga köra farqlanadi. Masalan, yaponlar tunda 6,5 soat uxlasa, niderlandlar 8 soatdan köp tungi vaqtni uyquga bağişlaydi. AQŞda ham 35 foiz odam 7 soatdan kamroq uxlaşi aniqlangan.
Xöş, agar biz sutkasiga 7 soat vaqtimizni uxlab ötkazsak, qolgan 16 soat vaqtni nimalarga sarflaymiz?
Köpçilikning asosiy vaqti asosan, işda ötadi, albatta. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining ma’lumotiga köra, AQŞ, Germaniya va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda odamlar yiliga 1,7 ming soat vaqtini haq tölanadigan işlarga sarflaydi. Bu yiliga örtaça 70 kun (365 kundan) deganidir.
Qolgan vaqtni uy-rözğor işlari, özimizni parvariş qiliş (yuviniş, ovqatlaniş) va televizor köriş, sport maşğulotlariga qatnaşiş yoki sport öyinlarini tomoşa qiliş kabi köngiloçar maşğulotlarga sarflaymiz.
Albatta, hamma öz vaqtini şaxsiy manfaatlari va qiziqişlariga qarab taqsimlaydi. Bunda iş va şaxsiy hayot örtasidagi balansni his qilgan holda vaqtni rejalaştiriş ham muhim. Lekin hamma işning orasida şaxsiy rivojlanişni ham unutib qöymaslik kerak. Xöş, şaxsiy rivojlaniş uçun vaqtni qayerdan topamiz?
Işdan keyin yana boşqa iş qilib tinib-tinçimay ham yangi narsa örgana olmayotgan, şaxsiy rivojlanmayapman deb hisoblayotgan odam uçun “5 soat qoidasi” mos keladi.
Bu qoidaga köra, kuniga bir soatni, haftasiga esa kamida 5 soatni nimadir yangi narsa örganib, rivojlanişga sarflaşi lozim. Bir kun uçun bir soat kam körinişi mumkin, lekin har hafta 5 soatni doimiy öqiş va örganişga sarflaş orqali individual tarzda köp narsani özlaştirib oliş mumkin.

















