Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoni shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin: biri - kitoblar hayotning ajralmas qismi bo‘lgan joylar, ikkinchisi - kitoblar chang bosib yotadigan hududlar.
World Population Review portali ma’lumotlariga ko‘ra, kitobxonlik bo‘yicha peshqadamlar qatorida Qo‘shma Shtatlar bor. Bu yerda har bir kishi o‘rtacha yiliga 357 soatni o‘qishga sarflab, taxminan 17 ta kitobni “yutib yuboradi”. Taqqoslash uchun, reytingni yakunlab turuvchi Afg‘onistonda yillik uchta kitob uchun amerikalikning o‘n yetti kitobga ketkazadigan vaqtiga yaqin muddat sarflanadi.
Faxriy ikkinchi o‘rin — Hindistonniki: 16 ta kitob va 352 soat o‘qish. “Bronza” esa Buyuk Britaniya aholisiga nasib etgan. Top-5likka Fransiya va Italiya ham kirgan. Fransuzlar haftasiga taxminan 5 soat 50 minut o‘qiydi — bu yiliga 305 soat demakdir. Italiyaliklar dunyoda o‘qishga shaydolik bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi, ular haftasiga 5 soat 20 minutni kitobga bag‘ishlaydi — yillik hisobda 278 soat.
Rossiyaliklar reytingda oltinchi pog‘onada. Mamlakat aholisi yiliga o‘rtacha 11 ta kitob o‘qiydi va bosma so‘zga 223 soat ajratadi.
Kitobga eng kam e’tibor beriladigan mamlakatlar ro‘yxatining oxirida Afg‘oniston, Bruney, Pokiston, Saudiya Arabistoni va BAA joy olgan
Mavzuga oid
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
08:17 / 01.06.2026