Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya joriy yil yakuniga qadar siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jastin Makkenzi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
28-29 noyabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining navbatdagi yig‘ilishini va joriy yil yakuniga qadar rejalashtirilgan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni yuqori darajada tashkil etish vazifalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni safarbar etish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:58
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026