Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 4 mingdan ortiq fransuz fuqarosi G‘azoda Isroil armiyasi safida jang qilayotgani tanqid ostiga olindi
Isroil armiyasining G‘azo sektorida minglab falastinlik tinch aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan noinsoniy xatti-harakatlari jahonning ko‘plab davlatlarida tobora qoralanmoqda.
G‘azoga tashrif buyurgan BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil qilish agentligi oliy komissari Filippe Lazzarini Isroil armiyasi tomonidan qariyb barcha infratuzilma vayron qilingan G‘azo sektori endi yashash uchun yaroqli maskan emasligini qayd etgan.
BMT bosh kotibining humanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsning yaqinda qayd etishicha, shu paytgacha qurolli harbiy mojarolar chog‘ida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazosizlik darajasi bu qadar yuksak bo‘lmagan. Shu munosabat bilan u G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etilishini ham ehtimolli deb hisoblashini aytgan.
Bu voqealar fonida Isroil armiyasining xatti-harakatlarini tanqid qilish hattoki fuqarolari TsAHAL tarkibida jang qilayotgan mamlakatlarda ham ortgan.
Shu kunlarda Europe 1 tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, TsAHALning 4185 nafar askari Fransiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan Jan Lyuk Melanshonning “Yengilmas Fransiya” o‘ta so‘l partiyasidan parlament deputati Tomas Portes Isroil armiyasi safida G‘azo sektorida jang qilayotgan 4 mingdan ortiq fransuzlarning bu ishini qoralab kommyunike e’lon qildi.
Unda deputat o‘zga mamlakat armiyasi safida jang qilayotganlar Fransiyada harbiy jinoyati uchun sudlanishi kerakligini talab qilgan.
«Bu Amerika Qo‘shma Shtatlari kontingentidan keyingi o‘rindagi eng yirik kontingent», — degan Tomas Portes.
«G‘azo sektorida ham, O‘rdun daryosining g‘arbiy sohilida ham sodir etilayotgan harbiy jinoyatlarga kelsak, ularda fransuz fuqarolarining ishtirok etishiga toqat qilib bo‘lmaydi. BMT o‘zining maxsus ma’ruzachilari chiqishlarida genotsid xavfidan ogohlantirib turganda, 17 mingdan ortiq tinch fuqarolar o‘ldirilganini xabar qilib turganda, fransuz millatiga mansub fuqarolarning u yerda bo‘lishi Fransiyaga isnod keltiradi”, — deya ta’kidlab o‘tgan Tomas Portes.
O‘z kommyunikesida Portes yana quyidagilarni qayd etadi: “Fransiya bu harbiy jinoyatlardagi ishtirokni eng qat’iy tarzda qoralashi kerak. Men adliya vaziriga iltimos bilan murojaat qilmoqchiman, toki harbiy jinoyatlarda aybdor fransuz fuqaroligiga ega shaxslar (jumladan, qo‘shfuqarolikka ega shaxslar ham) Fransiya odil sudi orqali javobgarlikka tortilishi kerak. Mustamlakaga aylantirish insoniyatga qarshi jinoyat sanalishi vajidan, Falastin yerlarida ishtirok etayogan fransuz fuqaroligiga ega shaxslar ham odil sud oldida o‘z qilmishlari uchun javob berishi kerak».
Portes o‘z chiqishida Fransiya Fuqarolik kodeksining 23-8-moddasiga ishora qilgan. Unga ko‘ra, xorijiy armiya safida yoki xorijiy davlat organida yoki Fransiya a’zo bo‘lmagan xalqaro tashkilotda mansabga ega bo‘lgan fransuz Fransiya fuqaroligini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026