Iqtisodiyot | 11:06 / 27.12.2023
20621
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushni piyoz va mosh egalladi

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti statistikasi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.

Foto: Livejournal

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi  – 263,8 ming tonna.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 148,5 ming tonna hamda 147,6 ming tonna bo‘lgan mosh va qovun va tarvuz joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

uzum – 121 ming tonna;
shaftoli – 87,2 ming tonna;
o‘rik – 63 ming tonna;
pomidor – 54,2 ming tonna;
uzum (quritilgan) – 52,2 ming tonna;
xurmo – 50,3 ming tonna;
gilos – 45 ming tonna;
olxo‘ri (quritilgan) – 34 ming tonna;
tariq – 15,3 ming tonna.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid