Sönggi ön yillikda moliyaviy vositalar va bank tizimlaridan foydalaniş sezilarli darajada oşdi – Jahon banki ma’lumotlariga köra, bank hisobraqamiga ega bölgan foydalanuvçilar soni qariyb ikki baravarga köpaydi. Bu esa yangi raqamli xizmatlarning paydo bölişiga olib keladi. Bugungi kunda mamlakat aholisi zamonaviy onlayn platformalar bilan faol aloqada bölib, ulardan raqamli moliyaviy bilimlarini oşiriş uçun foydalanmoqda.

“Moliya olami” bu – kundalik hayotda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida oddiy va sodda ravişda tuşuntirib beradigan interaktiv ta’lim beruvçi onlayn platforma hisoblanadi.

Platforma Özbekiston Respublikasi Markaziy banki va raqamli tölovlar böyiça jahonda yetakçi Visa kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan hamda işga tuşirilgan.

Barça kerakli moliyaviy bilimlar onlayn örganiladi va öquv dasturi yakunida iştirokçi test topşiriqlarini bajarişi kerak böladi. Har bir qatnaşçi elektron platformada öquv tematik modullarining quyidagi 4 ta bosqiçidan ötişi lozim:

  1. «Bilimlar mamlakati» – kartalar va banklar haqida asosiy bilimlar
  2. «Chiqimlar mamlakati» – mablağlarni oqilona sarflaş  
  3. «Jamgʻarmalar mamlakati» – jamğarmalar va sarmoyalar
  4. «Biznes mamlakati» – biznes uçun maslahatlar va layfhaklar

Yakunda ulardan mazkur modullar böyiça könikmalar va test sinovi olinadi. Şu bilan birga, iştirokçilar platformada moliyaviy savodxonlik böyiça öquv resurslaridan va bank kartalarini oçiş uçun tijorat banklarining veb-saytlari havolalaridan foydalanişlari mumkin.

Markaziy Osiyo va Ozarboyjondagi Visa mintaqaviy boşqaruvçisi Kristina Doroş bu borada öz fikrlarini bildirdi: “Visa kompaniyasining ustuvor yönalişlaridan biri butun dunyo böylab odamlar va biznes uçun moliyaviy xizmatlar va mahsulotlardan teng foydalanişni ta’minlaşdir. Şunday ekan, aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş mamlakat va jamiyat iqtisodiyoti rivojlanişining muhim qismidir. Biz texnologiyalarimiz va mahsulotlarimiz jamiyat farovonligini oşirişi, tadbirkorlik rivojiga hissa qöşişiga intilamiz. Şu bois Özbekiston Respublikasi Markaziy banki kömagida Visa kompaniyasi uşbu “Moliya olami” interaktiv ta’lim loyihasini işlab çiqdi. Uning maqsadi Özbekiston aholisiga öz moliyasini boşqariş böyiça amaliy bilim olişga yordam beriş, bank mahsulotlari, xizmatlari va raqamli tölovlar haqida köproq ma’lumotga ega böliş hamda pulni töğri tejaşni örgatişdan iborat”.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik departamenti direktori Dilbar Abduğaniyeva bu borada öz fikrlarini bildirdi: “Özbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlikni oşiriş borasidagi faoliyatida raqamli muhitning faol rivojlanişi davrida iste’molçilarning moddiy farovonligiga bevosita ta’sir körsatuvçi moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaş böyiça bilim va könikmalarni oşirişga alohida e’tibor qaratmoqda. Raqamli gigiyenani oşiriş ham zamonaviy jamiyatdagi asosiy tendensiyalardan biridir. Raqamli moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar bugungi kunda şunçaki vositalar emas, balki butunlay yangi imkoniyatlarni oçadigan töliq muhitdir. "Moliya olami" ta’lim loyihasi - bu örganiş va ötiş oson bölgan interaktiv ta’lim vositasi. Şaharlar böylab sayohat qiliş har doim firibgarlik xavfi mavjud bölgan raqamli dunyoda kundalik xarajatlar va hisob-kitoblar, jamğarma va biznesni boşlaş, kreditlaş va qarz oliş sohalarida moliyaviy savodxonlik könikmalaringizni oşirişga imkon beradi. Barçangizga qiziqarli sayohat tilaymiz!”.