Şimoliy dengizdagi Vangerooge orolida joylaşgan şu nomdagi şaharça yangi rahbar izlaşga kirişdi — bu safar e’lon gazetada çop etildi, deb xabar bermoqda Spiegel naşri.
Xristian-demokratlar, sotsial-demokratlar va «yaşillar» partiyasi Vangeroogeda hokimlik uçun munosib nomzod topiş maqsadida qöşma tarzda gazetada e’lon berişga qaror qildi.
E’londa şunday deyiladi: «Biz bilan siz mas’uliyatli lavozimda kelajakni şakllantira olasiz».
Bu e’lon şanba kuni mahalliy naşrda çop etildi va yaqin kunlarda boşqa naşrlarda ham tarqatiladi.
Vakansiyada aniq talablar ham keltirilgan:
– orolda yaşaşga tayyorlik,
– oliy ma’lumot,
– ma’muriy iş tajribasi,
– qonunda belgilangan yoş doirasiga kiriş (23–67 yoş).
Siyosiy partiyalar bu taşabbus orqali hokimiyatdagi kadr tanqisligi muammosini hal qilişni közlamoqda. Ta’kidlanişiça, administrativ sohada malakali xodim topiş, ayniqsa orolda, deyarli imkonsiz bölib qolgan.
Qiziği, 7 yil oldin ham şahar aynan şunday usul — gazetada e’lon orqali hozirgi hokim Marsel Fangorni topgandi. Yaqinginada mayoqçi lavozimi uçun e’lon internetda virusli tarzda tarqalib, Vangerooge butun Germaniyaga maşhur bölgandi.
Orolda yangi hokim saylovi 17 avgustga belgilangan. Nomzodlar 14 iyungaça hujjat topşirişi mumkin.











