O‘zbekiston | 11:28 / 04.01.2024
4456
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 5 yanvar kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi

«O‘zgidromet» 5 yanvar, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+4 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +14...+19 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid