Tesla elektromobil savdosi yetakchiligini Xitoy zavodiga boy berdi
BYD sotilgan elektromobillar soni bo‘yicha birinchi marta Tesla kompaniyasidan o‘zib ketdi.
Amerikaning Tesla kompaniyasi 2023 yil to‘rtinchi choragida sotilgan elektromobillar soni bo‘yicha birinchi marta o‘zining raqobatchisi – Xitoyning BYD avtomobilsozlik kompaniyasiga yetakchilikni boy berdi. Bu haqda Bloomberg kompaniya ma’lumotlariga tayanib yozdi.
Oktyabr va dekabr oylari orasida Tesla butun dunyo bo‘ylab 484 507 ta elektromobil sotdi, bu uchinchi chorakka nisbatan 11 foizga ko‘p. Biroq, BYD 2023 yilning so‘nggi uch oyida 526 409 ta elektromobil sotdi va raqobatchisidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq, 2023 yil hisobiga Tesla elektromobil savdosi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. AQSh kompaniyasi mijozlarga 1,8 million elektromobil yetkazib berdi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan oshib ketdi. BYD o‘tgan yili 1,6 million elektromobil va yana 1,4 million gibrid avtomobil sotdi.
Mavzuga oid
22:52
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
16:48
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
02:02
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024