Barqaror rivojlaniş maqsadlari BMT e’lon qilgan global dastur. Taşkilot 2026 yil uçun hisobotini e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, dunyodagi uruşlar, pandemiya, iqtisodiy beqarorlik sabab dunyo hamjamiyati öz oldiga qöygan maqsadlariga erişişi qiyinlaşib bormoqda. Kun.uz BMTning Nyu Yorkdagi boş qarorgohida hisobot yuzasidan taşkil etilgan matbuot anjumanida qatnaşdi.

2030 yilga esa 4 yil qoldi va xulosalar öta ijobiy emas. Kambağallik, oçarçilik, jamoat soğliği, ta’lim, gender tengligi, toza suv va sanitariya, energetika, iqlim özgarişi, tinçlik institutlari böyiça xulosalar bu yilgi hisobotdan örin oldi. Gap şundaki, dunyo böyiça ayniqsa pandemiyadan keyin davlatlar öziga kelolmayapti, ayniqsa Afrikada vaziyat oğir, kambağallar soni köpaymoqda.

Eng taşvişli yönalişlardan yana biri - bu oçarçilik. Sayyoramizda yuz millionlab odamlar hattoki töyib ovqatlanmaydi, uruşlar va qurğoqçilik esa oziq-ovqat xavfsizligini yomonlaştirmoqda.

Soğliqni saqlaş böyiça ba’zi yutuqlar bor, bolalar ölimi kamaygan. Lekin köplab davlatlarda bu tizim zaifligiça qolmoqda.

Maktablarga qatnov yaxşilangan, ammo öquvçilarning bilim darajasi past. Ayollarning iqtisodiy faolligi oşib bormoqda, lekin siyosat va boşqaruvda ularning uluşi haliyam yetarli emas.

Toza suv va sanitariya hisobotning alohida bölimi. BMTga köra, milliardlab odamlar yaxşiroq içimlik suviga ega böldi, ammo xavfsiz içimlik suvisiz yaşayotganlar soni ham millionlab.

Energetika böyiça eng yaxşi natijalardan biri davlatlar özini özi tiklaydigan energiya manbalaridan foydalanişni asta kengaytirmoqda.

Xöş, iqlim özgarişi-çi? BMT bu borada nima deydi? Kun.uz matbuot anjumanidan foydalangan holatda bu masalani kötardi.

- Xayrli kun, men Özbekistondan yuqori darajadagi siyosiy forumga keldim va uşbu matbuot anjumanida iştirok etişni istadim. Orol dengizi inqirozi va iqlim özgarişi mintaqamiz, ayniqsa, mamlakatlari ekologik çora-tadbirlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş bilan muvozanatlaşga harakat qilayotgan Markaziy Osiyo uçun jiddiy tahdiddir. BMT inqirozdan eng köp zarar körgan mintaqaga xalqaro yordam, moliyaviy kömak va investitsiyalarni jalb qilişga yordam beriş uçun qanday aniq qadamlarni qöymoqda?

- Xöş, birinçi navbatda, BMT a’zo davlatlar sifatida iqlim bilan boğliq harakatlarni moliyalaştiriş majburiyatlarni böyniga oladi va hozirgi hisobot bilan qayta tasdiqlamoqda. Öylaymanki, biz harakat qildik, lekin iqlim özgarişi 1,5 darajadan oşib ketişining oldini ololmasak, 2 darajadan pastda saqlolmasak