Livanda ötgan Osiyo kubogi-2000dagi şarmandalikdan söng Yuriy Sarkisyan iste’foga çiqarilib, «Paxtakor» klubi negizida şakllantirilgan Özbekiston milliy jamoasi tarkibida avlodlar almaşinuvi kuzatiladi. Xitoydagi turnir oldidan bu mamlakatda parranda grippi tarqalgani sababli hujumdagi yetakçi Maksim Şatskix çin yurtiga bormaydi, şunga qaramay, yangilangan tarkib özbek futboli tarixida yangi sahifa oçadi.
Saralaşdagi ğalabalar va qöşnimiz örniga Tailand
2004 yilgi Osiyo kubogi saralaş bahslari oldidan turnirning final bosqiçiga ilk marta 16 jamoa iştirok etişi ma’lum qilindi va endi guruhdan faqat 1-örinlar emas, 2-örindagi jamoa ham qit’a birinçiligiga yöllanma olardi.
Özbekiston saralaşni «A» guruhida boşlab, Tailand, Tojikiston va Honkongga qarşi Toşkent va Bangkokda ötgan öyinlarda 5-turgaça 4 ğalaba va 1 durang qayd etib, 13 oçko bilan 1-örinni naqd qilgandi. Sönggi turda esa guruhda 2-örinni kim qölga kiritişi Özbekistonga boğliq edi. Tailandni 1-davrada yirik hisobda mağlub etgan jamoamiz Bangkokda yirik mağlubiyatga uçradi – 1:4. Natijada, 8 oçkoga ega Tojikiston guruhda qolib ketdi, Tailand esa 9 oçko evaziga 2-örin bilan Osiyo kubogi-2004ga yöllanmani qölga kiritadi.

Yurgen Gyode va yangi nomlar
2000 yil Livandagi şarmandali natija milliy jamoada avlodlar almaşinuviga sabab bölgandi. Özbek futbolida tizim ham özgarib, klub egalari aka-uka Baxtiyor va Botir Rahimovlar tomonidan «Paxtakor»ning yakkahokimlik davriga tamal toşi qöyilgandi. Endi milliy jamoalar «Paxtakor» klubi negizida şakllantirila boşlangandi. Osiyo kubogi-2004dan oldin Ravşan Haydarov va Yurgen Gyode murabbiyligidagi milliy jamoaga Server Jeparov, Temur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Anvar Soliyev, Asror Aliqulov, Marat Bikmayev, Leonid Koşelev, Aleksandr Geynrix, Eldor Magdiyev singari yangi avlod kirib kelgandi.

Şatskixning Xitoyga borişdan boş tortişi
Turnir oldidan Xitoyda parranda grippi tarqalişi haqidagi xabarlar ortidan Özbekiston milliy jamoasining asosiy goleadori Maksim Şatskix bu mamlakatga bormaydigan böldi. Öşanda «Özbekiston futboli» gazetasida milliy jamoa murabbiylari Şatskixning Xitoyga bormasligi sababini Kiyevning «Dinamo» klubi uni qöyib yubormagani bilan izohlagan bölsa, Ukraina naşrlari Maksim Xitoydagi parranda grippi epidemiyasidan xavotirlanib, tavakkal qilmaslikka qaror qilgani haqida yozgandi. Yaqinda esa Şatskixning özi Tribuna.uz saytiga bergan intervyusida buning sababini eslay olmasligini aytgandi.



















