Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga olish huquqi auksion orqali realizatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh turgan yer uchastkalariga doir ma’lumotlarni shakllantirish va kelishish E-ijara axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.
Takroran o‘tkazilgan elektron onlayn-auksionda ham talabgor chiqmagan hamda g‘olib aniqlanmagan yer uchastkalari yer tuzish loyihalarini yangidan shakllantirish, zaruratga ko‘ra, yer uchastkasi maydoni, ixtisoslashuvini o‘zgartirgan holda talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun auksionga chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda yer uchastkalari belgilangan tartibda aniqlangan normativ qiymatiga mos tarzda har yili to‘lab boriladigan boshlang‘ich narxi shakllantirilgan holda auksion savdolariga chiqariladi.
Yillik ijara to‘lovlari yillik inflatsiya darajasidan kelib chiqib belgilanadi, ya’ni to‘lov amalga oshirilgan sanadagi normativ qiymat o‘tgan yildagi yer normativ qiymatiga nisbatan o‘zgarish koeffitsiyentini ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
Yillik ijara to‘lovlari har bir kalendar yili uchun hisoblangan miqdori hisobot yilida 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanadi.
Yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinmasdan, belgilangan soliq stavkasi ikki baravar oshirilgan holda hamda auksion g‘olibi yer uchastkasiga ijara huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng uch yil ichida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda belgilangan suv solig‘i stavkasi ikki baravar oshirilgan holda qo‘llanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun auksion g‘olibi tomonidan taklif etilgan to‘lovning 10 foizi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolanishidan oldin, qolgan mablag‘lar yer uchastkasi ijaraga berilgan vaqtdan amalga oshiriladi, to‘lovlarning 50 foizi davlat budjetiga va 50 foizi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga yo‘naltiriladi hamda ularning alohida hisobi yuritiladi.
Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish orqali tushadigan mablag‘lar qat’iy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘nggi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp qop-qop va’dalar bilan Oq uyga qaytdi. Tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 19:02
-
Ipoteka bank OTP Group: 2024 yilning 9 oylik moliyaviy natijalari
Jamiyat | 19:00
-
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
Mavzuga oid
11:46 / 16.01.2025
Yerlar toifasini o‘zgartirish tartibi belgilandi
11:18 / 16.01.2025
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
07:43 / 16.01.2025
11,5 gektar yerni 32 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15:57 / 11.01.2025