«Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etiladi
Ayrim faoliyat turini boshlash uchun 3 oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan maxsus rejim sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Getty Images
«Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2024 yil 1 martdan:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;
- litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida videoaloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
- tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish tartibi bekor qilinadi.
2024 yil 1 martdan 2025 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
-
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 17:41
-
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi
Jahon | 17:40
-
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi
O‘zbekiston | 17:29
Mavzuga oid

15:04 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

23:18 / 27.03.2025
“Marhamat, biz ochiqmiz” – vazirlik yuridik yo‘nalishda litsenziya ololmayotgan oliygohlar bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

13:03 / 20.03.2025